AQShning Nyu-Meksiko shtati politsiyasi o‘z oilasining to‘rt nafar a’zosini o‘ldirgan o‘spirinni hibsga oldi. Nyu-Meksiko shtati politsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 16 yoshli bola 14-dekabr, shanba kuni ertalab soat 3:32 da Belen shahri yaqinida o‘lim haqida xabar berish uchun qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan.
Shtat huquq-tartibot idoralari o‘smirning qattiq mast bo‘lganini va qo‘llarini ko‘tarib politsiyachilarga taslim bo‘lganini ta’kidlamoqda. Voqea joyida qurol, shuningdek, 42, 35, 16 va 14 yoshli to‘rt kishining jasadlari topilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!