$
11994.10 UZS
6.94
₽
145.79 UZS
-0.5
€
13420.20 UZS
26.95
31° Kechasi 18°

Film tomosha qilib, ko‘z yosh to‘kasizmi? O‘qing, bu siz haqingizda!

15:57 / 07.04.2020

Ko‘pchilik film tomosha qilishni hordiq chiqarishning eng zo‘r yo‘li, deb biladi. Biroq bu oddiygina ko‘ngilochar mashg‘ulot emas. Kino miya hamda tanamizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 
“Aksariyat filmlar o‘zi g‘oyalarini mantiqiy usul yordamida emas, hissiyotlar orqali yetkazishadi. Bu esa tabiiy instinktlarni pasaytirib, tuyg‘ularga qo‘shimcha bosim beradi va hislar yuzaga chiqishini ta’minlaydi, – deydi ruhshunos Birjit Vols. – Film tomosha qilish – hislaringiz eshiklarini ochib yuboradi, aslida bu eshiklar yopiq turgani yaxshi. Shu bois kinoga tushishdan avval asab hamda tanangiz buni qanday qabul qilishi haqida bir o‘ylab ko‘ring.

Komediya janridagi filmlar
Kulgi odamni turli muammolardan chalg‘itib, ish qobiliyatini yaxshilaydi. Organizmimizdagi quvonch gormoni – endorfin bizni qayg‘u va asabiylikdan xalos etadi. Bir qator tadqiqotlar natijasida kulgi immun tizimini yaxshilashi ma’lum bo‘ldi. Bu bizda virus va bakteriyalardan himoya qiluvchi hujayralar ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Shuningdek, yallig‘lanishni davolaydigan va hatto saraton kasalligiga qarshi kurashadigan oq qon tanachalarini ko‘paytiradi. Yaqinda yapon olimlari kulgi allergiya xurujlarini kamaytirishda eng kuchli dori-darmonlardan kam emasligini isbotladilar. Tajriba davomida 30 nafar ayolga allergiya qo‘zg‘ovchi inyeksiya qilindi, shundan so‘ng ulardan bir qismiga komedik filmlar, ikkinchisiga esa dahshatli film qo‘yib berildi. Kulgili film tomosha qilganlarda allergiya alomatlari kamaydi, dahshatli film ko‘rganlar esa yanayam ko‘proq bezovtalangan.
Merilend Universiteti olimlari kulgi qon tomirlarini 22 foizga kengaytirishini ham aniqladilar. Bundan tashqari, kulgili filmlar tomosha qilganimizda qon bosimimiz kamayib, tomirlarda qon aylanishi ancha yaxshilanar ekan. Bir kunda 15 daqiqa mazza qilib kulsangiz, juda ko‘p kasalliklarga chap bergan bo‘lasiz. 
Kulgi qo‘rquvni yengishga ham yordam beradi. Agar siz samolyotda uchishdan qo‘rqsangiz, planshet yoki smartfoningizga sevimli komediya filmingizni yozdirib oling.  

Dahshatli filmlar
“Ujas” filmlarni yaxshi ko‘radiganlar orasida ekstremallar juda ko‘p uchraydi. Dahshatli filmni tomosha qilganda yurak tez-tez uradi, qon bosimi oshadi va odam ko‘p terlaydi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sifatli dahshatli film tanaga muzli suvda tanani chiniqtirishdek foydali ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois bu janr ishqibozlari kamroq kasal bo‘lib, uzoq umr ko‘rishadi. O‘rtacha miqdorda his qilingan qo‘rquv metabolizm va miya oziqlanishini yaxshilaydi va organizmning kasalliklarga qarshiligini kuchaytiradi.
– Biroq bunday filmlarning bir kamchiligi ham bor – ularni tomosha qilish o‘tmishdagi og‘riqli xotiralarni qo‘zg‘ashi mumkin, – deydi Nyu-Yorkdagi Rokfeller universiteti professori Bryus Makiven.

Romantik filmlar
Bunday filmlar stress gormonlari darajasi hamda qon bosimini pasaytirishi isbotlangan. Bundan tashqari, Michigan universiteti olimlari aniqlaganlaridek, romantik filmlar jinsiy istak, sevimli odamga yaqin bo‘lish quvonchi va boshqa yoqimli hislar uchun javobgar bo‘lgan progesteron gormoni ishlab chiqarishni ko‘paytiradi.
Olimlar o‘ziga xos tajriba o‘tkazib, ishtirokchilarga Meril Strip hamda Klint Istvud ishtirokidagi “Medison okrugi ko‘priklari” filmini qo‘yib berishdi. Va tomosha davomida tomoshabinlarda progesteron gormoni 10 foizga ko‘payganligi aniqlandi. 
Ko‘p bora o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni isbotladiki, qizg‘in romantik kino miyaga kuchli og‘riq qoldiruvchi vosita kabi ta’sir qiladi. Ya’ni, sevgi hissi uchun javob beradigan neyron tizimi va og‘riq hissi uchun javob beradigan neyron tizimlari o‘rtasida umumiylik mavjudligi aniqlandi.

Jangari filmlar
Biz ekrandagi tajovuzkor xatti-harakatlarni kuzatganimizda, uni xuddi hayotda sodir bo‘layotgandek his etar ekanmiz. Linfild kollejida olib borilgan tadqiqotlar, film umuman shafqatsiz bo‘lmasligi kerakligini yana bir bor ta’kidladi. 
Olimlar shu kabi videolarni tomosha qilgan 250 nafar kollej o‘quvchilarining xatti-harakatlarini o‘rganib chiqdi. Bir guruh qizlarga qonli qotillik ko‘rinishidagi rolik qo‘yib berildi. Ikkinchi guruh qizlarga esa g‘iybat ko‘rinishidagi sust tajovuz aks etgan kino ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, tajovuz hamda fitna aks etgan filmlar tomoshabinlarni atrofdagilarga dushmanlarcha munosabatda bo‘lishga undar ekan. 


Bu ham qiziq

Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston milliy terma jamoasining joriy yil noyabr oyida FIFA kunlari doirasida ötkaziladigan yiğin uçun tarkibi ma’lum bö…
11:27 / 09.11.2026
Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

7-noyabr kuni Polşadagi Krakov şahrining Boş bozor maydonida otişma sodir böldi.
10:38 / 08.11.2026
“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida muhandislik işlanmalari va dual ta’lim tizimini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko…
13:31 / 09.11.2026
Özbekistonlik kinoijodkorlar Istanbul Sinema Muzeyiga taşrif buyurişdi.

Özbekistonlik kinoijodkorlar Istanbul Sinema Muzeyiga taşrif buyurişdi.

Alohida ta’kidlaş joizki, Özbekistonda ham milliy kino merosini asrab-avaylaş va keng tarğib etiş, “Özbekfilm” hududida Kino…
16:06 / 07.11.2026
Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Kelgusi yildan Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturini amalga oşiriş boşlanadi. Dastur doirasida mahalliy mutax…
13:35 / 09.11.2026
Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Boks böyiça sobiq Avstraliya çempioni Joş Frederiksen 36 yoşida paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi. Bu haqda “World Boxin…
17:34 / 07.11.2026
Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Bugun, 10-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölib, respublikaning ayrim hududlarida kuçli yomğir yoğişi va momaq…
16:07 / 09.11.2026
Özbekistonda mahalliy maişiy texnika xaridi uçun 18 foizli kreditlar ajratilişi rejalaştirilmoqda

Özbekistonda mahalliy maişiy texnika xaridi uçun 18 foizli kreditlar ajratilişi rejalaştirilmoqda

Özbekistonda mahalliy işlab çiqarilgan maişiy texnikalarni xarid qiliş uçun yangi iste’mol kreditlari mexanizmi yölga qöyili…
13:45 / 09.11.2026
Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonda dunyodagi eng uzun şişa köprik quriladi

Qirğizistonning «Ala-Arça» milliy boğida uzunligi 732 metr bölgan osma şişa köprik quriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda milliy …
10:32 / 08.11.2026
Behruz Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasida peşqadamga aylandi

Behruz Karimov jamoasi Konferensiyalar ligasida peşqadamga aylandi

Şveysariyaning “Lugano” klubi UEFA Konferensiyalar ligasining 5-noyabr kuni bölib ötgan uçraşuvida Litvaning “Kauno Žalgiris…
14:24 / 06.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!