Samarqand va Guliston şaharlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 995 dollar va 1,2 million söm olgan ikki şaxs uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Samarqand şahrida içki turizm sohasida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi xodimi tegişli litsenziya va ruxsatnomalarsiz uç nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilgan. Buning evaziga har bir kişidan 1 200 dollardan, jami 3 600 dollar talab qilgan. U pulni olayotgan vaqtida tezkor tadbir davomida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Guliston şahrida esa 1974-yilda tuğilgan şaxs Toşkentda faoliyat yurituvçi turfirmadan foydalaniş orqali uç nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga noqonuniy yuborişni va’da qilgan. U buning evaziga 3 300 dollar va 1,2 million söm olgan vaqtida DXX Sirdaryo viloyati boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan qölga olingan.
Har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!