Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyevning elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan muloqoti davomida ma’lum qilindi.
Qayd etilişiça, ötgan yili mamlakatga 9 mingta bankomat import qilingan bölib, ularning umumiy qiymati 50 million dollardan oşgan. Savdo-köngiloçar majmualar va yangi turar joy massivlari sonining ortişi kelgusida bankomatlarga bölgan talabni yanada oşirişi kutilmoqda.
Şu munosabat bilan mutasaddilarga bankomatlarga bölgan ehtiyojni hisob-kitob qiliş, zarur texnologiyalar va investorlarni jalb etiş orqali mahalliy işlab çiqarişni taşkil etiş imkoniyatlarini örganiş topşirildi.
Şuningdek, elektrotexnika sanoatida boşqa yangi işlab çiqariş yönalişlarini rivojlantiriş imkoniyatlari ham körib çiqildi. Jumladan, Toşkent viloyatida energiya batareyalari va elektronika uçun yupqa mis folgasi, Jizzaxda elektromobillar uçun invertor va zaryadlaş qurilmalari, Namanganda energiya tejamkor suv nasoslari dvigatellari, Qoraqalpoğistonda esa serverlar uçun uzluksiz elektr ta’minoti va sovitiş tizimlarini işlab çiqariş taklif etildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!