Şveysariyaning “Lugano” klubi UEFA Konferensiyalar ligasining 5-noyabr kuni bölib ötgan uçraşuvida Litvaning “Kauno Žalgiris” jamoasini 3:0 hisobida mağlub etdi. Uşbu ğalabadan söng “Lugano” musobaqa jadvalida peşqadamga aylandi.
“Lugano” safida töp surayotgan Özbekiston terma jamoasi futbolçisi Behruz Karimov bahsni asosiy tarkibda boşladi va maydonda töliq 90 daqiqa harakat qildi. Uçraşuv davomida futbolçi bitta golli uzatmani amalga oşirdi.
Mezbonlar 11-daqiqada Yanis Çiminyanining goli evaziga hisobni oçdi. 24-daqiqada Ezgjan Alioski ikkinçi golni kiritdi. 32-daqiqada esa Behruz Karimovning uzatmasidan söng Daniel dos Santos uçraşuvdagi yakuniy hisobni belgiladi — 3:0.
Şu tariqa, “Lugano” navbatdagi ğalabasini qölga kiritib, Konferensiyalar ligasi musobaqa jadvalida birinçi öringa kötarildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!