$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

“Naushnik”larning zarari ularning qanday turdaligiga ham bog‘liq

11:13 / 15.01.2020

Hozirda ko‘cha-ko‘yda yurgan kishi yoshlarning quloqchin taqib olib, musiqa eshitib yurishlarini ko‘p kuzatadi. Ular qo‘shiq tinglashga shu darajada mukkasidan ketishganki, atrofdagi shovqin va gap-so‘zlarga deyarli e’tibor berishmaydi. Bularni ko‘rgan odamda faqatgina bir savol paydo bo‘ladi, bunchalik ko‘p musiqa tinglash sabab eshitish qobiliyati pasayishi mumkinmi? Axir, uzluksiz musiqa tinglash bezarar bo‘lmasa kerak?! Ayniqsa, hozirgi zamonaviy quloqchinlarni taqib olgan ayrim yoshlar ularni hatto quloqdan yechishmaydi ham. Yoshlarning salomatligidan qayg‘urgan Xabardor.uz LOR-shifokor, mutaxassis Botir Mirzakarimovga savollar bilan murojaat qildi.

Eshitishning pasayib borishi ham kasallikmi?
Eshitish qobiliyati insondagi sezgi a’zolari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eshitish orqali inson ma’lumot oladi, uning aqliy rivojlanishi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim ahamiyatga ega. Eshitish qobiliyatining pasayishi esa kasallik hisoblanadi. 

Eshitish pastligining asosan ikki turi tafovut qilinadi: birinchisi, o‘tkazuvchi tizimdagi kasalliklar hisobiga eshitishning pastligi va ikkinchisi, qabul qilish tizimidagi (sensonevral) buzilishlar hisobiga og‘ir quloqlik rivojlanadi. Ayrim holatlarda bularning ikkalasi ham bir insonda, aralash tarzda kuzatilishi mumkin. 

Nima uchun eshitish qobiliyati pasayadi?
Eshitishning pasayishi odatda tug‘ma va orttirilgan shaklda yuzaga keladi. Tug‘ma eshitishning pastligiga homiladorlik vaqtida onaning boshidan o‘tkazgan infeksion kasalliklari, noto‘g‘ri qabul qilingan ayrim dorilar, bolaning asfiksiya (kislorod yetishmasligi sabab bo‘g‘ilib qolish) bilan tug‘ilishi kabilar sabab bo‘ladi. Orttirilgan turi esa quloq kirining (oltingugurt) to‘lib, quloq yo‘lini berkitib qo‘yishi, tashqi, o‘rta, ichqi quloqdagi yallig‘lanish kasalliklari, zaharli moddalar, ayrim dorilar, infeksion kasalliklar va jarohatlanishlar hisobiga eshitish pastligi rivojlanishi mumkin.

Yosh kattalarda eshitish nervi hujayralarining qarishi sabab eshitishning o‘tmaslashishi kuzatiladi. 

Zamonaviy eshitish vositalari, quloqchinlardan ko‘p musiqa tinglash ham eshitishning pasayishiga olib kelishi mumkinmi?
Naushniklarda ko‘p musiqa tinglash orqali eshitishning pasayishi hozirda yoshlar orasida ko‘p uchramoqda. Ayniqsa,  quloq ichiga kiritilib qo‘yuvchi naushniklarda yoshlar yuqori tovushli musiqani uzoq vaqt tinglashi eshitish nerviga zarar yetkazadi. Bu esa sensonevral eshitishning pasayishiga olib keladi. Shu sabab bunday qilish juda zararli va noto‘g‘ri! Zamonaviy texnika vositalari, telefon, pleyerlarda ovoz balandligining chegarasi mavjud. Musiqa balandligi me’yordan oshsa, qurilma buni ko‘rsatib turadi. Musiqa tinglashda mana shu chegaraga rioya qilishga harakat qiling. 
Imkoni bo‘lsa, shovqinda ishlovchi insonlar,  musiqachilar, zavod-fabrika ishchilari quloqqa taqiluvchi maxsus himoya vositalaridan foydalanishlari shart. Ular tashqi tovushni nisbatan pasaytirib beradi.

Eshitish pasaymasligi uchun musiqani qanday tinglash kerak?
Quloqchinlardan foydalanganda, musiqani baland eshitish mumkin emas. Musiqa eshitmay yura olmaydigan insonlar bo‘lsa, ayniqsa, yoshlar musiqani uzoq vaqt baland qilib eshitmaslikka e’tibor berishlari kerak. Quloqchinlar tanlashda ham uning tuzilishiga ahamiyat bering. Quloq ichiga kiritib qo‘yiluvchi quloqchin kuchli ovoz to‘lqini tarqatadi. Shu sabab bunday quloqchin turlaridan foydalanmagan ma’qul. 

Quloq suprasini yopib turuvchi, katta quloqchinlar quloq ichiga kiritilib qo‘yuvchilarga nisbatan xavfsiz. Ular tashqi shovqindan chegaralab turadi. Har 15 daqiqada quloqqa dam berib turishni unutmang.

Eshitish pastligini qanday davolash mumkin?
Eshitish pastligini davolashda uni keltirib chiqargan sababni aniqlab, davolasa, eshitish yaxshilanadi. Masalan, eshitish pastligi quloq kiri sabab yuzaga kelgan bo‘lsa, uni tozalash, yallig‘lanish sabab kelib chiqqan bo‘lsa, uni davolash orqali hamasi joyiga tushib ketadi. Quloq kasalliklarini konservativ (dori-darmon), lozim bo‘lsa jarrohlik yo‘li orqali davolab tiklasa bo‘ladi. 

Lekin sersonevral eshitish pastligida ya’ni eshitish nervining pasayishi kuzatilgan bo‘lsa, buni davolash biroz qiyinroq. Kasallik endi boshlangan vaqtda kuchli davo muolajalari qilinsagina, ma’lum ma’noda eshitishni tiklash mumkin. Kasallikning surunkali shaklida esa davolash mushkullik qiladi. Bunday holatlarda murakkab operatsiyalar, eshitish apparati qo‘yish orqali tiklash mumkin.

Eshitish apparatlari haqida...
Yuqorida aytib o‘tilganidek, sensonevral eshitish pastligida maxsus qurilma, eshitish apparatlari qo‘llaniladi. Bunda mutaxassis, surdolog-audiolog tomonidan eshitishning darajasi aniqlangach, darajasiga qarab eshitish apparati tanlanadi. Uning analog va raqamli turlari mavjud. Hozirda ularning raqamli turlarini tanlash maqsadga muvofiq. Uni taqishdan avval, albatta, mutaxassis ko‘rigidan o‘tish shart. 

Profilaktika
Eshitish qobiliyati pasaymasligi uchun quloqning o‘tkir va surunkali kasalliklarini vaqtida davolash kerak. Bundan tashqari, shovqinli joyda ishlaydiganlar quloqni himoyalash uchun maxsus tiqinlardan foydalanishlari zarur. 
Burun va quloq o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lgani sabab burun kasalliklarini ham o‘z vaqtida davolab borish kerak. Shifokor tavsiyasisiz quloqqa qandaydir dori-darmonlarni tomizish mumkin emas. Shuningdek, quloqqa ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan dorilarni qo‘llashdan ehtiyot bo‘lish kerak.

Nargiza Utepova, Axror Hayrullayev tayyorladi
Tasvirchi: Davletyar Mambetniyazov


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Tehron va Karaj o‘rtasidagi Eronning V1 ko‘prigiga AQSh-Isroil hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi.
09:50 / 04.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!