Italiyalik mashhur kinorejissyor, Oskar mukofoti sovrindori Luka Guadanino “Chandiqli yuz” (Scarface 1983) filmi remeykini suratga oladi. Bu haqda Amerika kinostudiyasi – Universal Pictures’ning rasmiy saytida ma’lum qilindi. Unda aytilishicha, yangi remeykning tavsirga olish jarayoni Los-Anjeles (Kaliforniya shtati)da bo‘lib o‘tadi. Yangi kartinaning ssenariysi Joel Itan Koenaga topshirilgan. Aktyorlar tarkibi hali to‘liq tuzilganicha yo‘q. Kartinaning premyerasi qachon o‘tkazilishi ham noma’lum.
Ma’lumot uchun
Amerikancha badiiy film “Chandiqli yuz” 1983-yili rejissyor Brayan De Palma tomonidan hamda Oliver Stoun va Armitendj Treyl hammuallifligidagi ssenariysi bo‘yicha tavsirga olingan edi. Filmda taniqli bastakor Jordj Moroderning musiqalaridan foydalanilgan. Unda Al Pachino, Mishel Pfayffer, Meri Elizabet Mastrantonio, Robert Lodj, Myurrey Abraxam, Pol Shaner kabi bir qator aktyorlar ishtirok etishgan. Kinokartina “Oltin globus” kino premyerasiga taklif qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!