$
12165.24 UZS
-25.19
159.42 UZS
-2.67
14330.65 UZS
-32.11
31° Kechasi 18°

Robotlar odamlarning o‘rnini egallamoqda

12:20 / 11.12.2015

Robotlar yildan yilga odamlar o‘rniga mehnat qiladigan kasblar soni ko‘payib bormoqda. Bu jarayon muntazam va sezilarli ravishda davom etmoqda. «Gazeta.Ru» robotlar bizning o‘rnimizga qanday ishlarni bajaryotgani va tez orada yana qaysi ishlarni o‘z qo‘liga olishini o‘rgandi.

Yarim asr ilgari Ayzek Azimov robototexnikaning uchta mashhur qonunini taklif qilgan va robotlar odamlar bilan yonma-yon yashaydigan kelajak haqida turkum hikoyalarini yozgandi. Azimovning g‘oyalari ayniqsa uning asariga asoslangan «Men robotman» filmi ekranlarga chiqqanidan so‘ng yanada ommalashdi.

Ammo ayni paytda robotlar ko‘chalarda sayr qilib yurishmaydi va ofislarda o‘tirishmaydi.

Bugungi kunda robotlar mashina emas, algoritmlardir.

Ancha ilgari, mashinalar ishlab chiqarishga tatbiq etilib, ludditlar ularga qarshi chiqib mashinalarni yo‘q qilishgan paytda inson bajaradigan og‘ir jismoniy ishlar mexanizmlar zimmasiga o‘tgandi. Angliya hukumati mashinalarga qarshi urushga aylangan isyonni shafqatsizlik bilan bostirishiga to‘g‘ri kelgandi.

Ludditlar19 asr boshidagi taraqqiyotning ashaddiy raqiblari

Nima bo‘lmasin, hozirda konveyer ishlab chiqarishi mashinalarsiz bo‘lmaydi. Navbatda esa kompyuter algoritmlari bajaradigan intellektual ishlar turibdi. Inson katta hajmdagi axborotni qayta ishlashdan charchab, ish unumdorligi pasayishi mumkin bo‘lgan ishlarni robotlar bajarishi uchun harakat boshlangan.

Bundan tashqari, kompyuterlar berilgan algoritmlar bo‘yicha inson har kuni ehtiyoj sezadigan axborot oqimi bilan ta'minlashi mumkin.

Bu borada elektron ommaviy axborot vositalari xodimlari bezovta bo‘lishlariga to‘g‘ri keladi. “Los Angeles Times, Associated Press, Forbes” va boshqa taniqli nashrlar robotlardan foydalanishmoqda, aniqrog‘i, moliyaviy hisobotlar, sport uchrashuvlari natijalari va ob-havo ma'lumotini tezlik bilan tuzishda algoritmlarni qo‘llashmoqda.

 

Narrative Science jurnalistik matnlar yoza oladigan algoritmlarni taklif etadi

Bunday tizim Rossiyaga ham yetib keldi. Yaqinda, aniqrog‘i shu yilning noyabrida «Yandeks» kompaniyasi ma'lumotlar maxsus algoritmlar yordamida tayyorlanadigan maxsus axborot agentligini tuzganini e'lon qildi. Hozircha robotlarning «qiziqish doirasi»ga ob-havo va yo‘ldagi tiqilinchlar haqidagi ma'lumotlar kiradi, lekin kompaniya keyinchalik bu ro‘yxatni kengaytirishni rejalashtirmoqda. «Yandeks» Rossiya OAVlariga robot-jurnalistlarning xizmatini bepul va tezlik bilan taklif etmoqchi.

Navbatda esa o‘rnini avtopilotli avtomobillar egallaydigan taksichilar va haydovchilar turishibdi.

“Google” va “Tesla” o‘zi boshqariladigan mashinalarning xususiyatlarini yaxshilash ustida faol ish olib borishmoqda.

Hozircha avtomobil ichidagi robot-haydovchi ustidagi ishlar juda sekin va aniqlik bilan olib borilmoqda. Bunda transport vositasini uzluksiz aloqa bilan ta'minlash eng muhim jihat bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, avtopilot yo‘ldagi vaziyatni baholay olishi va o‘zining hamda yo‘ldagi harakatning boshqa ishtirokchilari qanday harakat qilishlari mumkinligini oldindan bilishi darkor.

Lekin inson oldindan aytib bo‘lmaydigan mavjudot, shuning uchun ham ishlar shoshilmasdan olib borilmoqda.

Google”ning tadqiqotlari samarasi o‘laroq, o‘zi boshqariladigan avtomobillar tez orada kundalik hayotimizga kirib keladi

Biroq yo‘ldagi inson omilini butunlay hisobga olinmasa, u holda robotlarning yo‘ldagi monopoliyasi u darajada qo‘rqinchli bo‘lmaydi. Barcha robotlashgan transport vositalarining umumlashgan tartibli tizimi yo‘llardagi harakatni maksimal darajada xavfsiz bo‘lishini ta'minlaydi. Tiqilinch paytida yoki robot-avtoni muvaffaqiyatsiz quvib o‘tish chog‘ida u siz tomonga qarab so‘kinmaydi.

Odamlar uchun ommaviy ravishda oziq-ovqat ishlab chiqarishni esa tez orada 3D-printerlar bajarishi mumkin. Natural Machines” kompaniyasi “Foodini” deb nomlanuvchi 3D-printerni namoyish etdi. Unga besh xilgacha masalliqni solish, kerakli dasturni tanlash mumkin va bir zumda taom «chop etiladi».

Xitoyning Xarbin shahrida oshpazdan tortib ofitsiantgacha barcha xodimlari tashqi ko‘rinishi insonlarga o‘xshab ketadigan robotlardan iborat restoran faoliyat ko‘rsatadi. 

Xitoydagi restoranlardan birida barcha ishlarni robotlar bajarishadi

Robototexnikaga hatto koinotda ham joy topilgan. Albatta, robotlar kosmonavtlar o‘rnini egallay olmaydi, lekin stansiyadagi qora ishlarni bemalol bajara olishadi. Bu esa muhim ishni bajarishda vaqt tejash uchun juda qulay.

NASA va “General Motors”ning Robonaut2 (R2) roboti yer orbitasini kezayotganiga ancha bo‘ldi. R2 XKS ichida ham, ochiq fazoda ham ishlay oladi. Eng muhimi, unga skafandrning keragi yo‘q. Keyinchalik R2ni Oyga uchirishmoqchi, chunki bu xavfsiz va ancha arzon yo‘l bo‘ladi.

Robotlar endi koinotda ham bor

Yetkazib berish xizmatini dronlar va boshqa shunga o‘xshash qurilmalar egallamoqda. Ombordan to‘g‘ri uyga eltib beriladi. Albatta, bu xizmatning cheklovlari ham bor, ammo chamasi tez orada pochtalonlar safi qisqarishi mumkin.

Robotlashtirish olimlarning sa'y-harakatlariga qaramasdan oddiy «insoniy» kasblarga kirib kela olmaydi.

Robot psixolog, bastakor, rassom yoki xonanda bo‘lolmaydi. «Robot simfoniya yoza oladimi, durdona yarata oladimi?» — deya savol beradi «Men robotman» filmida Uill Smitning qahramoni. Javob esa salbiy.

«Siz-chi?» «Men robotman» filmidan lavha

Robotlarning ish joylarini egallashi odamlarning ishsiz qolishlarini anglatmaydi.

 

Odatda, inson o‘rniga mashinalar kelishi yangi ish o‘rinlarini, yangi kasblarni paydo qiladi. Asosiysi — to‘xtatib bo‘lmaydigan taraqqiyot va yangi davrga moslashish.


Bu ham qiziq

Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari sanalari e’lon qilindi

Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari sanalari e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining joriy yil 14-apreldagi ko‘rsatma xatiga muvofiq, 9- va 11-sinf o‘quvchilari uchu…
10:50 / 18.04.2026
Eron AQSh bilan yangi muzokaralar raundiga hali rozi bo‘lmadi

Eron AQSh bilan yangi muzokaralar raundiga hali rozi bo‘lmadi

Eron hukumati AQSh bilan navbatdagi muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha hozircha kelishuvga erishmaganini ma’lum qildi. Bu haqda …
17:57 / 18.04.2026
O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda urush qatnashchilariga 30 mln so‘mdan bir martalik pul to‘lanadi

O‘zbekistonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda nogironlarini ijti…
10:43 / 18.04.2026
Sergelida YTH: holat yuzasidan izoh berildi

Sergelida YTH: holat yuzasidan izoh berildi

Internet tarmoqlarda Sergeli tumanida Jentra avtomobili va maktab o‘quvchisi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi muhokamal…
15:09 / 17.04.2026
18-aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

18-aprel kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:37 / 17.04.2026
Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib yubordi

Buxoroda mast haydovchi 5 yoshli bolani urib yubordi

Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qilishicha, joriy yilning 15-aprel kuni Buxoro shahrida mast holda avto…
12:26 / 19.04.2026
Samarqandda xalqaro forum va yoshlar sammiti o‘tkaziladi

Samarqandda xalqaro forum va yoshlar sammiti o‘tkaziladi

2026-yil 20–21-aprel kunlari Samarqand shahrida BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda tran…
11:13 / 19.04.2026
Yangiyo‘lda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Yangiyo‘lda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan ayol Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi, 2000-yilda…
16:25 / 17.04.2026
Farg‘onada 800 o‘rinli zamonaviy shifoxona quriladi

Farg‘onada 800 o‘rinli zamonaviy shifoxona quriladi

Farg‘ona viloyatida 800 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxona qurish bo‘yicha yirik loyiha yuzasidan muhim kelishuv imzo…
17:30 / 16.04.2026
“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

“Sikada” shtammi: xavotirga o‘rin yo‘q

So‘nggi paytlarda COVID-19’ning “Sikada” (BA.3.2) shtammi haqida xabarlar tarqalmoqda.
10:35 / 17.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!