$
12054.03 UZS
18.81
167.05 UZS
-0.9
13932.05 UZS
16.93
31° Kechasi 18°

@ belgisini nima uchun “kuchukcha” deb ataymiz? 

11:36 / 20.12.2019

Mazkur belgini bugun hamma ishlatadi, lekin uning nima uchun aynan “kuchukcha” deb nomlanishini deyarli hech kim bilmaydi. Aslida bu “tijoriy at”, ya’ni tijoriy belgi deb ataladi. Shuning uchun bu belgini biz kuchukcha deganimizda chet elliklar hayron bo‘lishadi. O‘zbekiston avvallari SSSR tarkibidagi  davlatlardan biri sifatida, rossiyaliklar qabul qilgan atama (“sobachka”)ni qo‘llagan. Aslida, mazkur belgi kompyuterlar chiqmasidan oldin buxgalteriya hujjatlari tayyorlanadigan yozuv mashinalarida mavjud bo‘lgan. 

“Kuchukcha” yoki “tijorat” belgisi ancha yillar davomida yozuv mashinkalarida ishlatilgan. Keyinchalik kompyuterlar paydo bo‘lgach, yozuv mashinkalaridagi klaviatura qanday bo‘lsa shundayligicha kompyuterga ko‘chirilgan. Shu yo‘sinda “kuchukcha” ham kompyuterga joylashib qolgan. 
Internet tarmog‘ining rus segmentida @ belgisi uchun “kuchukcha” atamasi paydo bo‘lishining eng mashhur versiyasiga keladigan bo‘lsak, quyidagi variant ko‘proq to‘g‘ri keladi. O‘sha vaqtlardagi juda mashhur bo‘lgan “Adventure” kompyuter o‘yinida it turli xil belgilardan yasalar edi. Kuchukning burni @ belgisi orqali ifodalangan. Ana shuning uchun rossiyaliklar bu belgini kuchukcha deb atashadi. Tabiiyki, biz ham ulardan namuna olgan holda uni shunday nomlaymiz. 


Bugungi kunda, @ belgisi elektron pochta manzillarini topishda ishlatiladi. Haqiqat shundaki, @ belgisi buxgalteriya sohasida ishlatilganda ham ma’lumotlar ajratuvchisi vazifasini bajargan. Aynan shu vazifa elektron pochta manzilini ajratishga ham xizmat qiladi. Kuchukcha belgisi elektron pochta nomini sayt nomidan ajratib turadi. Masalan, Akmal77@mail.ru, bu yerda “mail.ru” – elektron pochta xizmati, “Akmal77” – foydalanuvchining nomi.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonning “ajralib qolgan bo‘lagi”: Qirg‘iziston ichidagi Shohimardon aslida qanday joy?

O‘zbekistonning “ajralib qolgan bo‘lagi”: Qirg‘iziston ichidagi Shohimardon aslida qanday joy?

Shohimardon — xaritada qaralganda juda g‘alati ko‘rinadigan hududlardan biri. Chunki u O‘zbekistonga tegishli bo‘lsa ham, un…
19:00 / 09.06.2026
Raqobat qo‘mitasi tarmoqlardagi noqonuniy reklamalarni monitoring qilib bormoqda

Raqobat qo‘mitasi tarmoqlardagi noqonuniy reklamalarni monitoring qilib bormoqda

2026-yil futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanishi arafasida ijtimoiy tarmoqlar, internet saytlari hamda Telegram messen…
12:23 / 09.06.2026
Havo hujumidan mudofaa va harbiy aviatsiya tizimini transformatsiya qilish choralari koʻrib chiqildi

Havo hujumidan mudofaa va harbiy aviatsiya tizimini transformatsiya qilish choralari koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaa sohasidagi ayrim masalalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
09:44 / 09.06.2026
Tramp: “Isroil va Eron zudlik bilan sulh tuzishi kerak”

Tramp: “Isroil va Eron zudlik bilan sulh tuzishi kerak”

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eron bilan mojaroning yangi avj olishi fonida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telef…
17:47 / 08.06.2026
O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘pi AQSH vizasini ololmadi

O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘pi AQSH vizasini ololmadi

JCH–2026 o‘yinlarini stadionlarda tomosha qilishni rejalashtirgan ko‘plab o‘zbekistonlik muxlislar AQSH vizasini olishda jid…
16:32 / 10.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

“Suhbat chog‘ida ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli muloqotni va amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga ko‘m…
15:43 / 09.06.2026
Toshkent va Xorazmda narkosavdogarlar ushlandi

Toshkent va Xorazmda narkosavdogarlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasid…
11:38 / 08.06.2026
AQSh jangovar vertolyoti Hormuz yaqinida halokatga uchradi

AQSh jangovar vertolyoti Hormuz yaqinida halokatga uchradi

AQSh harbiy vertolyoti Hormuz yaqinida halokatga uchradi, deb xabar beradi The New York Times manbalarga tayanib.
11:03 / 09.06.2026
Sindarov: “Gukeshga qarshi jiddiy tayyorgarlikni Olimpiadadan keyin boshlayman”

Sindarov: “Gukeshga qarshi jiddiy tayyorgarlikni Olimpiadadan keyin boshlayman”

Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi bo‘ladigan uchrashuv haqida o‘…
17:05 / 10.06.2026
11-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

11-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
14:52 / 10.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!