$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Dunyoning eng xavfli 10 ta hayvoni

13:30 / 13.08.2015

 

Dunyodagi eng xavfli yaratiq – bu, shaksiz, insondir. Faqatgina biz nafaqat minglab jonivorlarni, balki o‘zimizga o‘xshagan insonlarning ham jonini hissiz olamiz. Xullas, tabiat oldida javob berishimiz kerak bo‘lgan gunohlarimiz juda ko‘p. Hayvonlar-chi? Ular insonlarga shunchaki vaqt o‘tkazish yoki ko‘ngilxushlik uchun tashlanmaydi, balki ma'lum bir sabab bilan qilishadi: bolalarini himoya qilish, o‘ziga tegishli hududni asrash… To‘g‘ri, bu sabablar insonlarni o‘limdan qutqarib qololmaydi va ko‘p insonlar mana shunday to‘qnashuvlarda hayotdan ko‘z yumishadi.

Xo‘sh, tabiatdagi eng xavfli jonzodlar qaysilar? Bu savolning javobi sayyoramizdagi yirik yirtqichlarning tarqalishiga qarab yildan yilga o‘zgaradi. Biz so‘nggi yillarda hayot uchun eng xavfli bo‘lgan jonzodlar ro‘yxatini tuzib chiqdik. Qani, bilaylikchi, qaysi hayvon qotilliklar soni bo‘yicha yetakchilik qilar ekan.

Afrika buyvoli

Qurbonlar soni: bir necha o‘n minglab odam

Bir necha kilogramm og‘irlik va tajovuzkor fe'l-atvor… Hatto eng tajribali ovchi ham Afrika buyvoli bilan to‘qnash kelib qolishni istamaydi. Eng yomoni esa bu jonivorlarning katta bir to‘dasi bilan to‘qnash kelishdir. Bunday to‘da oqimidan hatto fillar va Afrika sherlari ham qochishadi.

Qurbaqa-drevolaz

Qurbonlar soni: 10 ta kishi

G‘ayrioddiy ko‘rinish bu mitti qurbaqani yirtqichlardan o‘ziga xos tarzda himoya qiladi. Uning belidagi terisi xavfli modda bo‘lgan neyrotoksinni ishlab chiqaradi, bu esa eng och bo‘rini ham qurbaqadan uzoqlashtiradi. Bu yoqimtoy qurbaqaning atigi bittasida o‘nlab kishini zararlashga yetadigan zahar ishlab chiqaradi.

Qutb ayig‘i

Qurbonlar soni: o‘nlab odamlar

To‘g‘ri, hayvonat bog‘ida bu jonivorlar juda ham yoqimtoy ko‘rinishadi. Biroq yovvoyi tabiatda qutb ayiqlari nonushtaga dengiz mushuklarini tanovul qilishadi va inson go‘shtini ham rad etishmaydi. Eng xavflisi bolalari bilan yurgan urg‘ochi ayiq hisoblanadi. U oldidan chiqqan har qanday yo‘lovchini u yana xavf tug‘dirmasin uchun tirik qo‘ymaydi.

Fil

Qurbonlar soni: besh yuzdan ortiq odam

Hammamiz uchishni o‘rgangan va o‘z sirkini ochgan yoqimtoy filcha Dambo to‘g‘risidagi multfilmni yaxshi eslasak kerak. Biroq aslida hamma fillar ham bunday do‘stona munosabatda bo‘la olishmaydi. Masalan, bir necha tonna keladigan Afrika fillari o‘z dushmanini vazni bilan bosib o‘ldirishga harakat qiladi. Shunday qilib fillar shunchaki o‘z hududini himoya qilib, yiliga mingtacha insonning hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘ladilar.

Timsoh

Qurbonlar soni: 2-3 ming nafar odam

Beso‘naqay ko‘rinishiga qaramay, timsoh juda tezkor hamla qiladi va ovqat tanlab o‘tirmaydi. Ular suvdan bir sapchib chiqib minglab sayyohlarni narigi dunyoga ravona qilishadi. O‘lim oson bo‘lmaydi. Ular tanani tishlari bilan qattiq ushlab, o‘ljani cho‘ktiradilar va so‘ngra tanovul qiladilar.

Afrika sheri

Qurbonlar soni: mingdan ortiq odam

Yirik va o‘tkir tishlar? Bor. Tezkor hujum? U  ham bor! Juda o‘tkir tirnoqlar? U siz hech bo‘lmaydi. Hamisha och? Agar Afrika sheri bilan uchrashib qolsangiz, bu uchrashuvda tirik qolishingiz amri mahol. Mushuksimonlar oilasiga kiruvchi bu yirtqichlar tug‘ma ovchilardir. Ular insonlarga kamdan-kam tashlanishadi, ammo hamla har qanday holatda yirtqichning g‘alabasi bilan yakunlanadi.

Katta oq akula

Qurbonlar soni: mingdan ortiq odam

Hatto suvga tomgan bir tomchi qon ham bu yirtqichni bir necha minglab kilometrdan o‘ziga jalb qiladi. Bu yirtqichning hamlasidan qutilib qolishga sanoqligina kishi muvaffaq bo‘lgan. Uch mingdan ortiq o‘tkir tishlardan qochib qutilish oson ish emas.

Avstraliya kubomeduza

Qurbonlar soni: 20 000 dan ortiq

Avstraliya kubomeduzasini yana dengiz arisi ham deb atashadi. U 5000 ga yaqin zaharli hujayralari bo‘lgan 60 ta paypaslagichga ega. Bu zahar 60 nafarcha insonni hayotdan olib ketishga yetadi.

Osiyo kobrasi

Qurbonlar soni: 50 000 dan ortiq odam

Osiyo kobrasi yer yuzidagi eng zaharli ilon bo‘lishiga qaramay, aynan uning chaqishi hayot uchun eng xavfli sanaladi. Yiliga sodir etilgan 65 000 ta o‘lim hodisasidan ellik mingtasi aynan mana shu tur ilonga tegishli.

Moskit (mayda chivin)

Yiliga sodir etilgan qotilliklar soni: 2 000 000

 

Ular kasallikni tarqalish joyidan minglab kvadrat kilometrlarga tarqatishadi. Natijada bu mayda zararkunandalar yiliga ikki milliondan ortiq inson hyotiga zomin bo‘ladilar.


Bu ham qiziq

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni shaxsiy mas’uliyatni oshir…
11:25 / 05.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!