$
12927.17 UZS
36.74
155.73 UZS
-0.31
14717.58 UZS
-3.29
31° Kechasi 17°

Dunyodagi eng qimmatbaho 10 ta avtomobil

17:54 / 28.04.2020

Dunyodagi eng qimmatbaho avtomashinalar – ularni kim ham orzu qilmaydi, deysiz! Yo‘l chetidagi odamlarning havasini keltirib, cho‘g‘dek qip-qizil Ferrari’da o‘qish yoki ishga kelsangiz. Manzilga yetgandan so‘ng esa mashinaning yon eshiklari qanot misol ko‘tarilib, undan tushib kelsangiz... Bu ayrim insonlar uchun orzu qilish ham mumkin bo‘lmagan shirin ertakdek tuyuladi. Keling, bugun siz bilan chinakam ertaklar olamiga yo‘l olamiz. Ya’ni, dunyodagi eng hashamatli va qimmatbaho avtomobillar orasidan o‘zimizga eng yoqqanini tanlaymiz. Uni sotib olish-olmasligimiz biz uchun keyingi masala bo‘la qolsin.

Eng qimmat avtomashina qanday bo‘ladi?

Bir nechta nusxada saqlanib qolgan, boy tarixga ega bo‘lgan va kimoshdi savdosida eng yuqori narxga sotilgan noyob avtomobil. U kimgadir tegishli bo‘lishi yoki poygada ishtirok etishi mumkin. So‘nggi kimoshdi savdolarida eng yuqori lot 1962-yilgi Maranello Rosso kolleksiyasidan afsonaviy Ferrari 250 GTO’ga nasib etdi. Bonhams auksionida u 38,1 million dollarga sotildi. Bu – dunyodagi eng qimmat yo‘l avtomobilidir. 

Internetda ba’zan mashinalar bundan ham qimmatroq narxda sotilgani haqidagi xabarlarga ko‘zingiz tushgan bo‘lishi mumkin. Ammo ko‘p hollarda bu rasmiy ma’lumot emas, yolg‘on bo‘lib chiqadi. Mashinaning bir egasidan boshqasiga sotilishi eng qimmat avtomobilni aniqlash reytingiga ta’sir qilmaydi. Mashinani sotish bo‘yicha eng qimmat shartnoma ham xuddi shu avtomobilga tegishli. U 1963-yildagi xuddi shu Ferrari 250 GTO kimoshdi savdosisiz 52 million dollarga sotilgandi. Ushbu mashinaning qimmatbaholigi atigi 39 dona ishlab chiqarilganligi va har bir xaridor Enso Ferrarining shaxsiy suhbatidan o‘tishi kerakligiga bog‘liq bo‘lgan.

Eng qimmat seriyali mashinalar

Agar biz qimmatbaho tarixiy avtoulovlar haqida emas, balki ishlab chiqarish avtomobillari haqida gapiradigan bo‘lsak, bunda narxlar ancha sodda bo‘ladi. Biroq ular seriyali tarzda ishlab chiqarilaveradi. Kichik seriya ham seriyadir. Agar atigi 10-20 dona mashina ishlab chiqarilgan bo‘lsa ham ular qaysidir ma’noda seriyali deb hisoblanishi mumkin. Bugatti La Voiture Noire kompaniyaning haqiqiy yuzi. U bor-yo‘g‘i bitta nusxada chiqarilgan va 11 million yevroga sotilgan. O‘ta noyob bo‘lgani uchun hatto ehtiyot qismlari ham mavjud emas. Keling, eng “arzon” avtomobillardan qimmatbaho seriyali mashinalar top o‘ntaligiga o‘tamiz.

1. Nio EP9

Ushbu mashina elektr avtomobillari muxlislari uchun sovg‘a sifatida ro‘yxatga kiritildi. Nisbatan past narxi tufayli, u reytingda oxirgi o‘rinda turibdi. Nio EP9 – bu Xitoy superkari bo‘lib, unga egalik qilish uchun 1,5 million dollar to‘lashingizga to‘g‘ri keladi. Biroq uni garajingizga joylay olmaysiz. Uni shunchaki siz tanlagan trassaga olib borishadi, poyga kuni sizga yordam beradi, shundan keyin avtomashinani o‘z joyiga qaytarishadi. Yuvish xarajatlari narxiga kiritilgan. Mazkur avtomobilni yo‘lbop deb bo‘lmaydi, u trassa uchun maxsus yaratilgan. Avtomobil quvvatlashga qo‘shimcha vaqt sarflamaslik uchun o‘zgarib turishi kerak bo‘lgan ikkita batareya va 1341 ot kuchiga ega.  

2. Ferrari LaFerrari Aperta

Ko‘pchilik uchun hashamat va yuqori narx ramzi bo‘lgan Ferrari’ni reytingning pastki qatorlarida ko‘rish odatiy hol emas. Shunday bo‘lsa ham bu – uning joyi. Chunki u “atigi” 2,1 million dollar turadi. Birinchi marotaba Ferrari LaFerrari Coupe versiyasi 2013-yilda Jeneva avtosalonida ommaga namoyish etilgan edi. Keyinchalik Veria Aperta chiqib keldi. Barcha mashinalar taqdimotdan ancha oldin sotilgan va shuning uchun avtomobilning aniq narxini aniqlash qiyin. Mazkur avtomobil 953 ot kuchiga ega, murakkab vaziyatlarda 900 Nm’dan oshadi. Ferrari uchun biroz noodatiy xususiyat bu avtomashinada mujassam. U kuch uchun ortiqcha kuch sarflamaydi. Ko‘pincha ushbu markadagi avtomobillar 500-700 ot kuchiga ega bo‘ladi. Ushbu mashinaning egalari hech kimga hech nimani isbotlashi kerak emas, ular uchun qulaylik muhimroq.

3. Pagani Huayra BC

Biroz noodatiy nomga ega bo‘lgan ushbu mashinaning narxi 2,3 million dollarni tashkil etadi. Ushbu pul evaziga siz 750 ot kuchiga ega dvigatelli mashina olasiz. Mashinaning og‘irligi atigi 1218 kg. ni tashkil qiladi. Bu juda kichik, ammo bu ko‘rsatkichga asosan kompozit materiallardan foydalanish tufayli erishildi. Bu – kompaniyaning o‘ziga xos xususiyati. Unga ilgari Lamborghini kompozit materiallari bo‘limida ishlagan Gorasio Pagani tomonidan asos solingan va u 1988-yilda o‘z kompaniyasini tashkil qilgan. Lamborghini bilan hamkorlik hozirgacha davom etmoqda, xususan, afsonaviy Lamborghini Countach modeli ustida birga ishlashgan. Keyinchalik, Mercedes Benz va uning dvigatellari yordamida Gorasio o‘zining shaxsiy avtomobillarini ishlab chiqara boshladi, birinchisi Pagani Zonda edi.

4. Icona Vulcano Titanium

Biz narxlarni oshishi va dvigatel quvvatining kamayishiga guvoh bo‘lyapmiz. Icona Vulcano Titanium’ning quvvati 680 ot kuchiga teng. Biroq ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, agregatning xavfsizlik chegarasi katta va ishlab chiqarilgan dvigatel 1000 ot kuchiga qadar ko‘tarilishi mumkin. Boshqacha aytganda, mashinaning 2,8 million dollarga sotilishiga uning mustahkamligi emas, tanasi titandan qilinganligi sabab bo‘lgan. Butun avtomobilni yaratishda bunday materialdan foydalanish – katta tavakkal va toza marketing. Avtomobil 2,8 soniyada yuzlab tezlikka erishadi va 10 000 soatda qo‘lda yig‘iladi. 

5. Ferrari Pininfarina Sergio

Yana sevimli Ferrari’ga yuzlanamiz. Lekin bu safar 3 million dollarlik avtomobiliga. Ushbu kelajak mashinasi sport avtoulovlari orasida kamtarona xususiyatlarga ega (562 ot kuchi, dvigatelining hajmi 4,5 litrni tashkil qiladi), ammo agar yoningizdan o‘tib ketsa, orqaga qayrilishga majbur qiladi. Ferrari Pininfarina Sergio – bu haqiqatan ham g‘ayrioddiy mashina. Bularning barchasi yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida kompaniya bilan hamkorlik qilib, mashinalar dizaynini yaratgan mashhur dizayner Paolo Pininfarin sharafiga yaratilgan. Endi uning ismi bu g‘ayrioddiy metall tanada abadiylashtirildi.

6. Bugatti Chiron

Go‘zallikdan kuchga qaytish vaqti keldi. Bugatti Chiron’ning maksimal ot kuchi 1500ga teng. Bunday zavqni his qilish uchun 3 million dollar to‘lab qo‘yishingiz kerak. Chiron shov-shuvli Veyronning vorisi bo‘ldi, u seriyali avtomobillar ichida birinchi bo‘lib, 1000 ot kuchiga teng chiziqni kesib o‘tdi. Bugatti Chiron. Sof tajovuz mashina. Ushbu avtomobilning dizaynerlari o‘z ishlarini yaxshi bilishadi. Bugatti Chiron dunyodagi eng tezkor va eng hashamatli ishlab chiqarish mashinasi sifatida tan olingan, ammo narx bo‘yicha uncha qimmat emas. 

7. Aston Martin Valkyrie

Valkyriye narxi allaqachon barchaga ma’lum bo‘lgandi. Bu ma’lumot Red Bull Racing poyga jamoasi tomonidan matbuotga e’lon qilindi. Shunday qilib, avtomobilning bahosi 3,2 million dollarni tashkil qiladi. Bu avtomobilni “irkit o‘rdakcha”, deb ham atashadi. Uning 1000 ot kuchiga egaligi va dizayni Formula-1 poygasining turli jamoalari uchun chempionlik avtoulovlarini yaratgan Adrian Newyey qalamiga mansub ekanligi uchun juda qadrlashadi.

8. Lykan Hyperspor

Agar siz “Forsaj-7” filmini tomosha qilgan bo‘lsangiz, ushbu mashina sizga yaxshi ma’lum. Qahramonlar bu mashinaga minib, binolar orasida “uchishadi”. Film so‘nggida u pachoqlanib ketgan. Ammo hayotda hech kim buni xohlamaydi, chunki u 3,4 million dollar turadi. Lykan Hyperspor BAAning W Motors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. U 750 ot kuchiga ishlab chiqaradigan 3,7 litrli ikkita turbo dvigatel bilan jihozlangan. Dunyoda bu kabi mashina nechta ishlab chiqarilganligini aytish qiyin.

9. McLaren P1 LM

Qiymati 3,6 million dollarni tashkil etgan ushbu mashina Lansante va Britaniyaning McLaren kompaniyalari hamkorligida yaratilgan. McLaren P1 bazaviy versiyasi 60 kilogrammni yo‘qotib, dvigatelining kuchi 968 ot kuchiga ko‘tarilgan. McLaren P1 LM shahar uchun emas – trassa uchun mo‘ljallangan. U boy tarixga ega emas, kompaniyaning ildizlari “Formula 1”da noma’lum jamoaga asos solgan mashhur poygachi Bryus Maklaringa olib keladi. Aks holda, bu oddiy superkar. Faqat juda kam ishlab chiqarilgan va shuning uchun ham juda qimmat.

10. Lamborghini Veneno Roadster

Shunday qilib, biz reytingning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildik. Lamborghini Veneno Roadster dunyodagi eng qimmat ishlab chiqarish mashinasi sanaladi. Uning narxi 4,5 million dollarni tashkil etadi. Bu superkar juda katta dvigatel kuchiga ega, degani emas. U shunchaki go‘zal va hashamatli mashina bo‘lib, ayni paytda tezlashish choralarini izlamoqda. Uning dvigateli “atigi” 750 ot kuchiga teng. Qizig‘i shundaki, ushbu mashina atigi 9 dona ishlab chiqarilganligi uchun unga ikkilamchi bozorda 10 million dollar pul taklif qilishmoqda. 

Xo‘sh, siz ulardan qaysi birini tanladingiz? Eng chiroylisinimi yoki mustahkam va tezkorini? Balki sizga titanligi yoqib qolgandir. Agar yoqqan bo‘lsa, uni sotib olish uchun harakatni hozirdan boshlayvering. Balki orzuingiz qachondir amalga oshar.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarida 25 va 27−30 aprel kunlari yomg‘irlar yog‘ishi sabab sel kelis…
17:19 / 25.04.2025
Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash va Madaniyat vazirliklari eng yopiq tashkilotlar qatoridan joy oldi

Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash va Madaniyat vazirliklari eng yopiq tashkilotlar qatoridan joy oldi

Bu tashkilotlar ochiqlik bo‘yicha sust ishlagan hisoblanib, ularning faoliyati jamoatchilik nazoratidan yiroq bo‘lganini ko‘…
12:04 / 25.04.2025
Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

London AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vensning Vashington tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralardan chiqishi mumkinligi haqid…
10:27 / 24.04.2025
Xitoy AQSh yarimo‘tkazgichlari uchun bojlarni bekor qildi

Xitoy AQSh yarimo‘tkazgichlari uchun bojlarni bekor qildi

Xitoy AQShning ba’zi yarimo‘tkazgichlari uchun bojlarni olib tashladi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
21:47 / 25.04.2025
Terakt natijasida Hindiston barcha pokistonliklarni mamlakatdan haydamoqda

Terakt natijasida Hindiston barcha pokistonliklarni mamlakatdan haydamoqda

Kashmirdagi teraktdan so‘ng Hindiston hukumati Pokistonning barcha fuqarolarini mamlakat hududidan chiqarib yuborishga qaror…
18:50 / 24.04.2025
Ertaga Toshkentda 256 ta uy vaqtincha tabiiy gazsiz qoladi

Ertaga Toshkentda 256 ta uy vaqtincha tabiiy gazsiz qoladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Mirobod tumani “Avloniy” MFYning ayrim hududlariga 25-aprel kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha tabii…
21:02 / 24.04.2025
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi 24-apreldagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.
12:36 / 24.04.2025
Toshkent va Namangan viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Toshkent va Namangan viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar …
21:07 / 25.04.2025
Hindiston va Pokiston chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Hindiston va Pokiston chegarasida otishma sodir bo‘ldi

Hindiston armiyasi Pokiston tomonidan chegara postlariga o‘q uzilganini qayd etdi.
09:30 / 25.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!