$
12049.44 UZS
52.23
163.92 UZS
2.4
14024.34 UZS
75.18
31° Kechasi 18°

Kun tarixi: Styuardessa kasbi paydo bo‘lgan kun. Propagandaga sabab bo‘lgan kasb haqida siz bilmagan sirlar

10:06 / 15.05.2020

Styuardessa – havo va dengiz kemasi yo‘lovchilariga xizmat qiluvchi fuqaro aviatsiyasi yoki dengiz floti xodimi.

Amerikalik Ellen Cherch dunyodagi birinchi styuardessa hisoblanadi. Aviatsiyaga qiziqqan Ellen parvozlar kursiga o‘qishga kiradi va Boeing samolyoti menejerlaridan biriga u ham uchuvchi bo‘la olishi imkoni borligini so‘rab murojaat qiladi. Menejer esa o‘z o‘rnida, uning g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo uchuvchi emas, temiryo‘l nazoratchilari kabi vazifani samolyotda bajargan holda uchishi mumkinligini aytadi. Shu tariqa yangi lavozim paydo bo‘ladi. Kompaniya rahbariga ham bu taklif ma’qul keladi, axir bu kasbning paydo bo‘lishi ajoyib propaganda bo‘lar edi. Ayniqsa, uchishdan qo‘rqadigan va parvoz davomida o‘zini yomon his qilgan insonlarni tinchlantirish hamda birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish uchun styuardessalar ayni muddao edi.

Shundan so‘ng Ellen Cherchdan 25 yoshdan katta bo‘lmagan va 52 kg.dan og‘ir bo‘lmagan, o‘rta bo‘yli yetti nafar tibbiyot xodimini yollashni so‘rashadi. Ular o‘sha paytda standartlarga muvofiq holda oyiga 125 dollar haq evaziga ishlashga tayyor edi. Bir necha oylik mashg‘ulotlardan so‘ng, styuardessalar parvozni boshlashadi. Ularning ilk parvozi 1930-yil 15-mayda amalga oshirilgan edi. Quyida sizlarni ushbu “havo malikalari”ning vazifalari va ularga qo‘yiladigan talablarni keltirib o‘tamiz.

Styuardessaning vazifalari:

• yo‘lovchilarni kutib olish va kuzatish;
• parvoz vaqtida ovqatlanishni tashkillashtirish;
• yo‘lovchilar va havo kemasining xavfsizligini ta’minlash;
• birinchi yordam ko‘rsatish;
• bortda kerakli hujjatlarni to‘ldirish;

Styuardessalar uchun qo‘yiladigan talablar:
• o‘rta ma’lumot (ammo ko‘pincha oliy ma’lumot talab qilinadi);
• sog‘liqning yaxshiligi (tibbiy kengashda tekshiriladi);
• yosh bo‘lishi (odatda, 30 yoshdan oshgan nomzodlar qabul qilinmaydi);
• yoqimli ko‘rinish. Bu borada asosiy talablar – bo‘yning juda baland va past bo‘lmasligi (162-175 sm.), tatuirovka, pirsing va sezilarli darajada katta xolning bo‘lmasligi, juda ozg‘in va juda og‘ir bo‘lmasliklari kerak;
• ravon talaffuz va barkamol nutq.

Shuningdek, xalqaro qatnovlarda ishlamoqchi bo‘lganlardan ingliz tilini bilish talab etiladi. Styuardessalar kasting orqali saralab olinadi. Kastingdan o‘tgan styuardessalar esa, nafaqat ajoyib kasbga, balki yaxshigina imtiyozlarga ham ega bo‘lishadi. Masalan, ular erta nafaqaga chiqishlari mumkin. 45 yoshga to‘lganda styuardessalar nafaqaga chiqish huquqiga ega bo‘ladi. Ammo agar tashqi ko‘rinishi va sog‘ligi joyida bo‘lsa, 55 yoshgacha ishlashi ham mumkin.

Guljahon Sanjarbekova tayyorladi


Bu ham qiziq

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyoga tashrif buyuradi

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyoga tashrif buyuradi

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio 2026-yil oxirida Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurishini ma’lum qildi.
12:18 / 04.06.2026
Surxondaryoda tungi poyga fojia bilan yakunlandi

Surxondaryoda tungi poyga fojia bilan yakunlandi

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida Damas va Nexia avtomobillari o‘rtasida uyushtirilgan tezlik poygasi oqibatida ikki ki…
13:10 / 03.06.2026
Sayyohlar xavfsizligi va turistik sug‘urta tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Sayyohlar xavfsizligi va turistik sug‘urta tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Turizm qo‘mitasi raisi Aziz Aqqulov rahbarligida turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot …
15:25 / 06.06.2026
Rossiya chegaralari yaqinida yadro quroli paydo bo‘lishi mumkin

Rossiya chegaralari yaqinida yadro quroli paydo bo‘lishi mumkin

Litva Vashington bilan o‘z hududida yadro qurolini joylashtirish ehtimolini muhokama qilmoqda.
14:23 / 04.06.2026
“O‘zgidromet” sel xavfidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” sel xavfidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” 6–8-iyun kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv …
17:59 / 05.06.2026
4-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

4-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi…
12:24 / 03.06.2026
Endi avtobusga chiqishda yo‘l haqini to‘lashingiz shart bo‘ladi

Endi avtobusga chiqishda yo‘l haqini to‘lashingiz shart bo‘ladi

2026-yil 1-sentyabrdan boshlab shahar avtobuslarida yo‘lkira avtobusga chiqish vaqtida to‘lanishi majburiy bo‘ladi.
17:21 / 04.06.2026
Shifokor talaba qizlarga jinsiy tegajog‘lik qilgani uchun qamaldi

Shifokor talaba qizlarga jinsiy tegajog‘lik qilgani uchun qamaldi

Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi xususiy klinikalardan birida ishlagan 32 yoshli urolog amaliyot o‘tayotgan talaba qiz…
10:29 / 04.06.2026
Aura.uz — O‘zbekiston haqidagi sifatli foto va videolar jamlangan ilk media bank ishga tushdi

Aura.uz — O‘zbekiston haqidagi sifatli foto va videolar jamlangan ilk media bank ishga tushdi

Kontent markazi tomonidan O‘zbekistonning boy madaniyati, betakror tabiati va zamonaviy qiyofasini aks ettiruvchi Aura.uz me…
19:09 / 06.06.2026
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Sirdaryo, Toshkent viloyati, Andijon, Surxondaryo, Jizzax va Toshkent shah…
02:18 / 06.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!