Vashington universiteti olimlari Аtlantika Janubidagi butunlay yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan bukri kitlar populyatsiyasi tiklandi, deya xabar bermoqda.

XX asr boshida kit ovlash sanoatining tez rivojlanishi bu ulkan jozotlarning sonini juda kamaytirib yuborgandi. Olimlar o‘shanda bu yerda mavjud 25 ming kitdan bor yo‘g‘i 450 tasi omon qolganligini aniqlagan edi. Olimlarning talablari va o‘tgan asrning oltmishinchi, saksoninchi yillarida qabul qilingan qatʼiy choralar o‘z natijasini berdi. Bukri kitlar xavf ostidan chiqdi.
Xalqaro kit ovlash komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot 2006-2015-yillarda ularning populyatsiyasi 25 foizga tiklanganligini ko‘rsatgan edi. Аmerikalik olimlarning tadqiqoti esa hozirda ularning soni XX asr boshidagi holatiga qaytganligini bildirmoqda.

Kitlar sonini aniqlash oson ish emas. Mutaxassislar buning uchun kompyuter modelini yaratishdi. Tadqiqot natijalari Royal Society Open Science jurnalida eʼlon qilingan. “Bukri kitlar populyatsiyasining oldingi tadqiqotlarda aytilganidan ko‘ra tezroq tiklangani bizni hayratga soldi”, deya yozadi mualliflardan biri Jon Best.
Mualliflar bukri kitlar o‘sishini hisoblash modelidan jonivorlarning boshqa turlarini o‘rganish uchun foydalanish mumkin deb hisoblashadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!