$
12185.11 UZS
35.56
152.58 UZS
2.14
14081.11 UZS
-6.29
31° Kechasi 18°

Dunyodagi birinchi ustoz kim? Yer yuzidagi o‘qituvchilarining necha foizi ayollardan iborat?

08:29 / 01.10.2019

O‘qituvchilik eng mas’uliyatli va sharfli kasb. Dunyodagi jamiki xodimlar-u, biznesmenlar ustozlaridan dars olib hayotda katta yutuqlarga erishishgan. Bugun qo‘llarida gul ko‘tarib ketayogatgan o‘quvchilarni ko‘rib, barchamiz bir marta bo‘lsada o‘z ustozimizni eslagan bo‘lsak kerak. Keling bugun eng ulug‘ kasb haqidagi qiziqarli faktlar bilan tanishsak, zero dunyodagi birinchi muallim kim bo‘lgani, Sanobar Rahmonovaning “Ustozlar” qo‘shig‘i qachondan buyon yangrayotgani haqida bilish barchamiz uchun qiziqarli bo‘lsa kerak. 
 
•  O‘qituvchilik eng qadimgi kasblardan biridir. Birinchi maktablar Sharqda - Ossuriya, Bobil va Xitoyda miloddan avvalgi 4-ming yilliklarda paydo bo‘lgan.

•  Yunonistonlik Arastu dunyodagi birinchi ustoz hisoblanadi.

Картинки по запросу Arastu

 •  O‘rta Osiyolik Farobiy esa Aristotelning “Metafizika”, “Ritorika”, “Etika” va “Sofistika” asarlariga sharh yozgani uchun dunyodagi ikkinchi muallim hisoblanadi.

Картинки по запросу Farobiy

•  Dunyo miqyosida o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qituvchilar jamiyat farovonligiga bog‘liq bo‘lgan kasblar reytingida harbiylar va shifokorlardan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

•  Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, o‘qituvchilik havo harakatini boshqaruvchilari hisoblangan uchuvchilik va o‘t o‘chiruvchilik kabi qiyin kasblar sirasiga kiradi. Mazkur soha vakillarida stress darajasi deyarli bir xil bo‘ladi.

•  Statistik ma’lumotlarga ko‘ra o‘qituvchilarning 86 foizi ayollardan iborat.

Похожее изображение

•  O‘qituvchilarning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy bolalar har yili maktabga katta muammolar bilan kelishadi. Ustozlar ularga yechim topish maqsadida ko‘proq psixologiya bilan shug‘illanishlariga to‘g‘ri kelmoqda.  

•  O‘qituvchilardan juda ko‘p siyotchilar, olimlar yetishib chiqqan. Masalan, Lindon Jonson AQSh prezidenti bo‘lgunga qadar o‘qituvchilik qilgan. 20 yoshiga qadar u uchta maktabda dars bergan. Bundan tashqari, manbalarda ta’kidlanishicha, uning dars berish uslubi va malakasi ancha ijobiy baholangan.

Картинки по запросу Lyndon Johnson

•  Rivojlangan mamlakat AQShda o‘qish individual hisoblanadi. Ya’ni o‘qituvchi bolaga qanday baho qo‘yganini aytmaydi. Faqat 6 oyda bir marta o‘quvchining ota-onasiga hisobot kartasi yuboradi. 

Картинки по запросу uchitel

•  Buni qarangki, Chexiyada "matematika", "fizika" va "Jismoniy tarbiya" o'qituvchilari yo‘q ekan. Bir nafar o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida bir nechta fanlarni o‘qitishga majbur bo‘ladi. 

Картинки по запросу uchitel

Mahalliy faktlar

•  Barcha o‘zbekistonliklar uchun birdek sevimli bo‘lgan “Ustozlar” qo‘shig‘i ilk marta 1973-yili “Kuyla, Sanobar!” film-konserti orqali efirga uzatilgan. Uni Sanobar Rahmonova ijro etgan. She’rini O‘zbekiston xalq shoiri Po‘lat Mo‘min yozgan Sanobarning musiqa ustozi G‘ulomjon Ro‘ziboyev esa  qo‘shiqqa kuy bastalagan. 

•  Chingiz Aytmatovning “Birinchi mullim” qissasi o‘qituvchi matonatini ifoda qiluvchi eng yaxshi asar hisoblanadi. 

Siz bu ro‘yxatga yana qanday faktlarni kiritgan bo‘lardingiz? Mulohazalaringizni biz bilan bo‘lishing!

Nozima RAHMATOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

O‘zbekistonlik 17 yoshli futbolchi “The Guardian” nashrida e’tirof etildi

O‘zbekistonlik 17 yoshli futbolchi “The Guardian” nashrida e’tirof etildi

Bu ro‘yxatdan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi a’zosi Sadriddin Hasanov ham o‘rin egalladi.
15:52 / 15.10.2025
Toshkentda 1 milliard dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladi

Toshkentda 1 milliard dollarlik yangi xalqaro aeroport quriladi

Loyiha qiymati 1 milliard dollar bo‘lib, u davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi.
20:24 / 15.10.2025
AQShda ayol ChatGPT yordamida sudda g‘alaba qozondi

AQShda ayol ChatGPT yordamida sudda g‘alaba qozondi

Nyu-Yorklik tadbirkor Steysi Dennett ChatGPT yordamida 2 ming dollarlik qarzdan qutuldi.
20:17 / 15.10.2025
Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

Yangilangan Chevrolet Cobalt ishlab chiqarilishi boshlandi

UzAuto Motors AJ yangilangan Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi.
16:55 / 15.10.2025
Shahram G‘iyosov WBA kamari uchun jang qiladi

Shahram G‘iyosov WBA kamari uchun jang qiladi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yarim o‘rta vazn toifasida chempionlik jangiga buyruq berdi.
12:59 / 14.10.2025
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qo‘shma loyihalari portfeli 27 milliard dollardan oshdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qo‘shma loyihalari portfeli 27 milliard dollardan oshdi

15-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkaz…
15:53 / 15.10.2025
Qashqadaryoda 2,4 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘margan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Qashqadaryoda 2,4 mlrd so‘mlik “svet”ni o‘margan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 477 million so‘mlik …
11:10 / 15.10.2025
Tramp Kanada bosh vazirini “prezident” deb atadi

Tramp Kanada bosh vazirini “prezident” deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp 12-oktyabr kuni Kanada bosh vaziri Mark Karnining lavozimini chalkashtirib, uni “prezident” deb…
12:36 / 14.10.2025
Hindistondagi avtobus yong‘ini kamida 20 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Hindistondagi avtobus yong‘ini kamida 20 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, ichida 57 kishi bo‘lgan avtobus harakatlanayotganda to‘satdan yonib ketgan. Guvohlarning aytishicha, da…
11:52 / 15.10.2025
Fabio Kannavaro: “Jahon chempionatigacha vaqtimiz yetarli”

Fabio Kannavaro: “Jahon chempionatigacha vaqtimiz yetarli”

“Afsuski, bugungi o‘yinda 9 nafar futbolchimiz jarohat sabab maydonga chiqa olmadi.
09:25 / 14.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!