$
12109.02 UZS
75.74
150.31 UZS
1.01
14139.70 UZS
78.81
31° Kechasi 18°

O‘tmishga nazar: ilmiy fantastika kelajakni o‘zgartiroldimi?

15:57 / 22.11.2019

Kelajak mo‘jizalari… hozirgi kunning ajoyibotlari… Ilmiy-fantastik adabiyot va ilmiy innovatsiya bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Videochatdan tortib, o‘ziyurar mashina va fazoga sayohatgacha avval ilmiy fantastikada paydo bo‘lib, keyin esa ilmiy reallikka ko‘chgan. Ilmiy-fantastik janr XIX asrda sanoat inqilobi payti muhandislarning ishi rivojlanayotgan paytda paydo bo‘ldi. Bularning hammasi zamonaviy elektr bilan ishlaydigan mashina asrining bir qismi edi. Unda mavjud texnologiyadan ilg‘or usulda foydalanildi. Ilmiy-fantastika, aynan, ilm-fanga yangi g‘oyalar berib, kelajakda qanday yangiliklar bo‘lishini aytib tura boshladi. 

Masalan, “Frankenshteyn” tinchliksevar bir insonga qanday ilhom berdi deb o‘ylaysiz? Keling, buni bilish uchun 1700-yillarga qaytaylik. Elektr toki hammani hayratga solgan va olimlar uning inson tanasiga ta’sirini tekshirayotgan davr edi. Luiji Galvani 1780-yillarda elektr toki o‘lik qurbaqaning oyog‘ini silkitishiga sabab bo‘lishini kashf qildi. 1803-yilda esa Galvanining jiyani Jovanni Aldini o‘limga hukm qilingan jinoyatchilarning jasadida eksperiment o‘tkazdi. Odam boshiga tekkizilgan elektr toki mushaklarning qisqarishiga va tananing qayta jonlanishiga sabab bo‘ldi. Yozuvchi Meri Shelley bu haqida yozuvchi va olim do‘stlaridan eshitdi. Keyin esa hayotning paydo bo‘lishiga qiziqib qolgan doktor haqida hikoya qiluvchi “Frankenshteyn” asarini yozdi. Asar qahramoni doktor Viktor Frankenshteyn tana qismlarini jamlab, maxluq yaratadi va elektr toki yordamida unga hayot beradi. 

Похожее изображение

“Frankenshteyn” 1818-yilda nashr qilingan. U ham gotik asar, ham ilk ilmiy-fantastik asarlardan biri hisoblanadi. 1931-yilda unga asoslanib film ishlangan, bosh rolni esa Boris Karlov ijro etgan. Filmdan ta’sirlangan yosh Erl Bakken elektr va tibbiyotni mukammal o‘rganishga kirishgan. 1957-yilda u batareyada ishlaydigan ilk yurak stimulyatorini yaratdi. Ushbu qurilma notekis urayotgan yurakka elektr puls yuborib, yurak urishini barqarorlashtiradi. Agar ilmiy-fantastik asardagi mana shu maxluq inson hayotini saqlaydigan qurilma yaralishiga turtki bergan bo‘lsa, u yana nimalarga sabab bo‘lgan?  

Oyni zabt etishga ilmiy-fantastika qanday sabab bo‘lganini bilasizmi? 1865-yil fransuz yozuvchisi Jyul Vern “Yerdan Oygacha” degan asar yozgan. Unda tir klubi a’zolari to‘pga o‘tirib, Oyga o‘q uzishgan. 

Vern bir obyekt Oyga qadar qanday uchishi mumkinligini hisoblash uchun amaliy matematikani ishga soldi. Ajablanarlisi, uning hisob-kitoblari juda aniq edi va Oyga insoniyatning ilk qadami tekkan NASAning Apollo 11 kosmik kemasiniki bilan o‘xshash bo‘lgan. Vern asarida yozgan kema tuynukdan iborat bo‘lib, alyumindan ishlangan. Unda 3 kishi Oyga chiqqan. Floridadan Oyga ko‘tarilgan kema Tinch okeaniga tushgan. Apollo 11 kemasi esa 100 yil o‘tib, 1969-yil iyulda buni takrorlagan.

Vernning asaridan keyin 1900-yilda Gerbert Uells “Oydagi ilk odam” asarini yozdi. 1902-yilda fransuz rejissyori Jorj Melyes “Oyga sahoyat” nomli ovozsiz filmni ekranlashtirdi. Ushbu asar ilk ilmiy-fantastik film hisoblanadi. 
Bunday hikoyalar keyinchalik raketalar dinamikasi bo‘yicha olim Konstantin Sialkovskiyni kosmosga sayohat borasidagi muammolarni yechishga undadi. 
1950-yilgacha AQSh va Sobiq Ittifoq fazoni zabt etish bo‘yicha musobaqalashishni boshlab yuborgan edi. 

Sovet Ittifoqi kosmosga chiqqan birinchi mamlakat bo‘ldi. 

“Sputnik” sun’iy yo‘ldoshi kosmosdan Yerga ilk radio signallarni yubordi.
Sputnik fazoga chiqqanidan 3 oy o‘tib, AQSh “Explorer 1” sun’iy yo‘ldoshini ilk bor kosmosga uchirdi. 

Похожее изображение

Fazoda. Buning uchun haqiqiy jamoaviy ish talab qilinadi. 
Kosmosga parvozning rivojlanishi bilan odamlarning fazoni o‘rganishga qiziqishi 1960-yillargacha yangi bosqichga chiqdi hamda u, bo‘lg‘usi muhandislar va ilmiy-fantastik ixtirochilarni yetishtirdi. Keyinchalik fazo ommaviy madaniyatning barcha jabhalarida tilga olinadigan bo‘ldi. Modada, uyda, o‘yinchoqlarda, va hatto, tonggi nonushtada.

Jyul Vernning missiyasi ilm-fanni Oyga chiqishga undadi, Yerda esa ilmiy-fantastika telefonni yangi aloqa vositasiga aylantirdi. Kommunikatsiya rivojlangani sari, ilmiy-fantastika yanada ilgariladi va yangi qurilmalarning tuzilishi hamda ularning jamiyatga yaxshi (Ichkariga kiring!) va yomon (Hoy, tur o‘rningdan, bor ishingga!) ta’siri haqida o‘ylay boshladi. 

Mobil telefon va planshetlar ilmiy-fantastik asarlarda ancha yillar avval paydo bo‘lgan.  

Telefon televizor orqali suhbatdoshlar bir-birini ko‘rishi va eshitishi mumkin. 
Telefon va televizor paydo bo‘lgach esa rassom va yozuvchilar bu ikkisini birlashtirish haqida o‘yladi. Fransuz rassomi va yozuvchisi Jorj Dyumorye yaratgan telefonoskop videofon va televizor ekranining birlashtirilganiga o‘xshardi. Videofon 1960-yil “Jetsonlar” teleshousining 1-qismida paydo bo‘lgan edi. Unda Jeyn Jetson onasi bilan suhbatlashardi. 

Похожее изображение

Videosuhbatning turli ko‘rinishlari XX asrda ilmiy-fantastik filmlar va TV ko‘rsatuvlarda keng tarqala boshladi. Shu bilan birga “Bell laboratories” korporatsiyasi real hayotda ham videotelefonlarni ishlab chiqdi.
1964-yil Nyu-Yorkdagi Xalqaro yarmarkada ilk videotelefonlar ommaga taqdim qilindi. 2 oy o‘tib, uning do‘konlari Chikago, Nyu-York va Vashington DC’da ochildi. 

AQShning birinchi xonimi Ledi Bord Jonson dastlabki videotelefondan Bella laboratoriyasidagi doktor Elizabet Vudga qo‘ng‘iroq qildi:
 
– “Sizni va jamoangizni ushbu muhim ilmiy kashfiyot bilan tabriklayman”.
Biroq qurilma uyda foydalanish uchun noqulay edi. Chunki qurilmaning o‘zi ham, suhbatning daqiqasi ham qimmatga tushardi. 
– “Ishonchim komilki, kollejdan chiqqan ko‘pchilik yoshlar va ishdan qaytgan ota-onalar buni ko‘rib sevinadi”.
Videoqo‘ng‘iroqlar toki internet va kamerali kompyuterlar paydo bo‘lmaguncha yana 30 yil dolzarbligini yo‘qotmadi. 

– “Garov o‘ylaymanki, sizlarning keyingi eng zo‘r xaridoringiz buvilar bo‘ladi”.

“Skype” dasturi 2003-yilda paydo bo‘ldi, 2010-yilda esa Apple’ning “FaceTime” dasturi ishga tushdi. Va nihoyat, biz orzuyimizdagi videofonlarga erishdik. Qani, endi buvijoningizga qo‘ng‘iroq qiling. U sizni ko‘rib xursand bo‘ladi. 

Ilmiy-fantastik multfilmlar yangi qurilmalarni shunchaki bashorat qilish bilan cheklanmadi, ular zamonaviy uy xizmatiga ham ta’sir etdi. Ular uzoq vaqt kelajakni robotlar bilan tasavvur qildi. Ammo ularni faqat bir tomonlama, ya’ni juda ham yaxshi yoki juda ham yomon tarzda tasvirladi. 

Dastlabki ilmiy-fantastik robotlar insoniyatni vayron qilishga harakat qildi. Lekin ular, ko‘pincha, uydagi qo‘l mehnati talab qiladigan ishlarda odamga yordam ham berardi. 

Bugungi kunda hali ko‘p uylarda robot bo‘lmasa ham, ammo 2002-yilda Ayrobot (iRobot) kompaniyasi Rumbani ommaga taqdim qildi. U robot-vakuum bo‘lib, avtomat tarzda polni tozalaydi.

Картинки по запросу IRobot roomba

Odamlar yoki hayvonlar kabi harakatlanadigan robotlar uzoq vaqt davomida ishlab chiqilgan. Ba’zilari insondan ham qobiliyatliroq. Boston Dinamika robotlari eshikni ocha oladi, og‘ir narsalarni ko‘tara oladi va yuqoriga sakrab chiqa oladi. 

Ilmiy-fantastika mashinalariga sun’iy aqlni ham joylashtira oldi. Natijada robotlar, xuddi, odamdek o‘ylash va muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega bo‘ldi. 

Sun’iy aqlni namoyon qilgan birinchi murakkab ilmiy-fantastik asarlardan biri 1968-yilda Artur Klark va Stenli Kubrik tomonidan yozilgan “Kosmik Odisseya” hisoblanadi. Massachusets texnologiya universitetida sun’iy aql bo‘yicha tadqiqot o‘tkazuvchi Marvin Minskiy Kubrikka sun’iy aql kompyuteri HAL 9000 dan foydalanishni maslahat bergan. 

Hal 9000 gapira oladi, shaxmat o‘ynaydi, rejalar tuzadi va qaror qabul qiladi.
Ilmiy-fantastika reallikka aylangani sari, u, ilmiy texnikani ham boyitib boradi.

Ziyodaxon G‘ULOMOVA tayyorladi


Bu ham qiziq

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda 128,6 trln so‘mlik oziq-…
15:28 / 09.01.2026
Erondagi namoyishlar ortidan shahar prokurori halok bo‘ldi

Erondagi namoyishlar ortidan shahar prokurori halok bo‘ldi

8-yanvar kuni Eronda 1979-yilda ag‘darilgan Eron shohining avlodi Reza Pahlaviyning chaqirig‘idan keyin norozilik namoyishla…
17:36 / 09.01.2026
O‘zbekistonda inversiya tufayli havo ifloslanishi kelasi hafta so‘ngigacha davom etadi

O‘zbekistonda inversiya tufayli havo ifloslanishi kelasi hafta so‘ngigacha davom etadi

O‘zbekistonda havo ifloslanishini kuchaytirgan harorat inversiyasi 16—17-yanvarga qadar saqlanishi kutilmoqda. Bu haqda Ekol…
11:43 / 08.01.2026
O‘zbekistonda 2 148 ta masjid faoliyat yuritmoqda – Din ishlari qo‘mita

O‘zbekistonda 2 148 ta masjid faoliyat yuritmoqda – Din ishlari qo‘mita

Bugungi kunda respublikada 2 148 ta masjid faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Hukumat huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mat…
16:02 / 08.01.2026
O‘zbekistonda birinchi milliy sun’iy intellekt tizimi ishga tushirildi

O‘zbekistonda birinchi milliy sun’iy intellekt tizimi ishga tushirildi

O‘zbekistonda BONU AGI deb nomlangan mamlakat tarixidagi ilk milliy sun’iy intellekt tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Buyuk…
11:36 / 08.01.2026
Samarqandda 15 yoshli bola uylangani rostmi?

Samarqandda 15 yoshli bola uylangani rostmi?

Ma’lum bo‘lishicha, N.A. ikki alohida joyda olingan tasvirlarni montaj qilib, yagona videorolik shakliga keltirgan va uni ob…
12:00 / 09.01.2026
Zapal — chaqnatkich, lager — jamloq, planshet — yonchiq…

Zapal — chaqnatkich, lager — jamloq, planshet — yonchiq…

Bu safar mudofaa sohasiga oid 41 ta atamaning o‘zbekcha muqobili muhokamaga taqdim etildi.
17:10 / 07.01.2026
Ombudsman Mubashshir Ahmadning sog‘lig‘i holatini o‘rgandi

Ombudsman Mubashshir Ahmadning sog‘lig‘i holatini o‘rgandi

Unga ko‘ra, Alisher Tursunov tibbiy yordamdan shikoyati yo‘qligini, sog‘lig‘i doimiy nazoratda ekanini ma’lum qilgan.
13:02 / 09.01.2026
Eron Isroil va AQShni mamlakatdagi norozilik namoyishlarini uyushtirishda aybladi

Eron Isroil va AQShni mamlakatdagi norozilik namoyishlarini uyushtirishda aybladi

Eron Xavfsizlik kengashi AQSh prezidenti Donald Trampning bayonotlari “ikki rejim o‘rtasidagi til biriktirish”ni tasdiqlashi…
17:00 / 09.01.2026
9-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-yanvar kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan…
14:48 / 08.01.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!