$
11975.36 UZS
-98.06
162.91 UZS
-1.56
14020.75 UZS
-113.6
31° Kechasi 18°

Qoʻyliq dahasidan Sergeli yoʻlining 5-bekatigacha 11 kilometrdan ziyod estakada quriladi

07:36 / 16.11.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni Toshkent shahrining transport infratuzilmasini rivojlantirishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent metropolitenini yanada rivojlantirish maqsadida “Buyuk ipak yoʻli” bekatidan Toshkent traktor zavodi dahasigacha yerosti yoʻli hamda yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Taqdimotda shu boradagi loyiha takliflari koʻrib chiqildi. Masalan, yangi yerosti yoʻlini Mirzo Ulugʻbek koʻchasi yoki Buyuk ipak yoʻli koʻchasi orqali olib oʻtish ustida ishlanmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, birinchi holatda yoʻl uzunligi 8,6 kilometr, kunlik yoʻlovchilar soni  62 ming boʻladi. 

Ikkinchi variantda esa masofa salkam 8 kilometr boʻlib, kuniga 55 ming kishiga xizmat koʻrsatilishi mumkin. Qurilish ishlari besh yilga moʻljallangan.

Keltirilishicha, yerusti metrosining ikkinchi bosqichi ham muhim loyiha boʻlib, unga koʻra, Qoʻyliq dahasidan Sergeli yoʻlining 5-bekatigacha 11 kilometrdan ziyod estakada quriladi. Bekatlar soni yettita boʻlishi, kuniga 38 ming yoʻlovchi tashilishi kutilmoqda.

Yana bir loyihaga muvofiq, Bobur koʻchasidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi yoʻl oʻtkazgichi kengaytirilib, yonida halqa shaklida aylanma koʻprik qurish koʻzda tutilgan.

Taqdimotda ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy masalalari muhokama qilinib, davlatimiz rahbari loyihalarni qulaylik, xavfsizlik va sifat jihatidan takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berdi.


Bu ham qiziq

OpenAI sun’iy intellektni (SI) global darajada boshqarish uchun xalqaro organ tuzishni taklif qildi.

OpenAI sun’iy intellektni (SI) global darajada boshqarish uchun xalqaro organ tuzishni taklif qildi.

Kompaniya vakili Kris Lixeynning aytishicha, SI texnologiyasi endi oddiy savdo yoki alohida davlatlar qoidalari bilan chekla…
17:05 / 14.05.2026
O‘zbekiston Prezidenti Turkistonga bordi

O‘zbekiston Prezidenti Turkistonga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkiston shahriga bordi.
12:11 / 15.05.2026
Omonat pullarni o‘zlashtirgan bank xodimlari fosh etildi

Omonat pullarni o‘zlashtirgan bank xodimlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda tijorat bankining mas’u…
10:18 / 13.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga ta’ziya yo‘lladi

Davlatimiz rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fur…
12:01 / 15.05.2026
Toshkent metrosida oynali himoya to‘siqlari o‘rnatiladi

Toshkent metrosida oynali himoya to‘siqlari o‘rnatiladi

Yo‘lovchilar xavfsizligini oshirish maqsadida Toshkent metropoliteni bekatlariga oynali himoya to‘siqlari o‘rnatilishi rejal…
11:05 / 14.05.2026
O‘zbekiston oilalarining baxtlilik darajasi ma’lum qilindi

O‘zbekiston oilalarining baxtlilik darajasi ma’lum qilindi

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2026-yil mart–aprel oylarida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalariga…
11:27 / 14.05.2026
Farg‘onada yuk mashinasi g‘ildiraklari orasidan 20 kilo narkotik aniqlandi

Farg‘onada yuk mashinasi g‘ildiraklari orasidan 20 kilo narkotik aniqlandi

Farg‘ona viloyatida qo‘shni davlatdan kirib kelgan Volvo rusumli yuk mashinasi g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kilogramm na…
19:29 / 14.05.2026
Xorazmda MIB xodimi pora olayotganida ushlandi

Xorazmda MIB xodimi pora olayotganida ushlandi

Xiva tuman Majburiy ijro byurosi davlat ijrochisi fuqarodan mavjud soliq qarzdorliklarini “tanishlari orqali hal qilib beris…
15:32 / 14.05.2026
Trampdan keyin Putin ham Xitoyga bormoqchi

Trampdan keyin Putin ham Xitoyga bormoqchi

Rossiya rahbarining 20-mayga mo‘ljallangan bir kunlik tashrifi AQSh prezidentining dabdabali tashrifidan so‘ng amalga oshiri…
12:27 / 15.05.2026
“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘sdi

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘sdi

Kompaniyaning davlat budjetiga to‘lagan daromad solig‘i ham oshgan.
14:19 / 14.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!