$
12021.22 UZS
-54.96
169.53 UZS
0.06
13978.27 UZS
-16.82
31° Kechasi 18°

Musulmonlar idorasi Fatvo hay’ati zakot, fitr sadaqa va fidya miqdorini belgiladi

12:29 / 01.04.2022

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi fatvo hayʼatining milodiy 2022-yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra, 2022-yil (hijriy 1443) uchun:

Zakotning tillodan nisobi 85 gramm bo‘lib, bugungi kunda 1 gramm tilloning o‘rtacha narxi 400 000 (to‘rt yuz ming) so‘m ekani eʼtiboridan, bu yilgi Zakot nisobi 34 000 000 (o‘ttiz to‘rt million) so‘m deb belgilandi.

Shunga ko‘ra, zarur ehtiyojdan tashqari bir yil davomida 34 mln so‘m va undan ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan musulmon kishi jami mablag‘ining qirqdan biri (1/40)ni zakot niyatida kambag‘al va faqirlarga beradi.

Fitr sadaqasining miqdori bug‘doydan yarim soʼ (2 kg.), arpadan bir soʼ (4 kg.), mayizdan yarim soʼ (2 kg.) va xurmodan bir soʼ (4 kg.)dir.

Bugungi kunda mazkur mahsulotlarning Toshkent shahar bozorlaridagi narxlari o‘rganilganda 1 kg bug‘doy o‘rtacha 5 ming so‘m, 1 kg arpa o‘rtacha 4 ming so‘m, 1 kg mayiz o‘rtacha 50 ming so‘m va 1 kg xurmo o‘rtacha 40 ming so‘m ekani maʼlum bo‘ldi.

Shunga ko‘ra, bu yilgi Fitr sadaqasining miqdori:

– bug‘doydan 2 kg 10 000 (o‘n ming) so‘m;

– arpadan 4 kg 16 000 (o‘n olti ming) so‘m;

– mayizdan 2 kg 100 000 (yuz ming) so‘m;

– xurmodan 4 kg 160 000 (bir oltmish ming) so‘m deb belgilandi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi.

Fidya miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati qiymatida bo‘lib, bugungi kunda bu o‘rtacha 25 000 (yigirma besh ming) so‘mga to‘g‘ri kelganidan, bu yilgi Fidya miqdori bir kun uchun 25 000 (yigirma besh ming) so‘m, bir oyga 750 000 (yetti yuz ellik ming) so‘m deb belgilandi.

Eslatma: Mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilandi. Har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.


Bu ham qiziq

Ohangaron daryosida qolib ketgan ayol qutqarildi

Ohangaron daryosida qolib ketgan ayol qutqarildi

Bugun, 23-may kuni Toshkent viloyatining Piskent tumanidan oqib o‘tuvchi Ohangaron daryosida bir ayol suv o‘rtasidagi quruql…
16:45 / 23.05.2026
Namanganda 93 yoshli momo ilk bor tug‘ilganlik guvohnomasiga ega bo‘ldi

Namanganda 93 yoshli momo ilk bor tug‘ilganlik guvohnomasiga ega bo‘ldi

Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi 93 yoshli Ko‘paysin momo Sotivoldiyevaga ilk bor tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma …
10:28 / 21.05.2026
Ukraina hujumi Rossiyadagi yirik neft zavodining yarim quvvatini ishdan chiqardi

Ukraina hujumi Rossiyadagi yirik neft zavodining yarim quvvatini ishdan chiqardi

Rossiyadagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodlaridan biri — “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez” Ukraina dronlari hujumidan s…
14:14 / 22.05.2026
“Bunyodkor” stadioni atrofidagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi

“Bunyodkor” stadioni atrofidagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopiladi

22-may kuni poytaxtda futbol bo‘yicha milliy terma jamoani Jahon chempionatiga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tadi.
15:32 / 21.05.2026
Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarini sotgan shaxs ushlandi

Ohangaron shahrida elektron tamaki mahsulotlarini sotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahar bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligi…
14:45 / 22.05.2026
Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimlari test orqali baholanadi

Bo‘lajak o‘qituvchilar bilimlari test orqali baholanadi

O‘zbekistonda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini tashqi diagnostika orqali baholash tizimi j…
14:46 / 21.05.2026
Noqonuniy yer savdosi ortidan mansabdorlar qo‘lga olindi

Noqonuniy yer savdosi ortidan mansabdorlar qo‘lga olindi

Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq bir nechta mansabdor shaxslar ushlandi.
07:18 / 23.05.2026
Lionel Messi milliarderga aylandi

Lionel Messi milliarderga aylandi

Argentinalik futbol yulduzi Lionel Messining boyligi 1 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
00:57 / 23.05.2026
Qo’qonda fojiali yo‘l-transport hodisasi

Qo’qonda fojiali yo‘l-transport hodisasi

Qo’qon shahrida sodir bo‘lgan o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:32 / 21.05.2026
Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonda O‘zbekiston boshqaruvidagi yangi quruqlik porti ishga tushdi

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida “Hayraton — Mozori-Sharif” temiryo‘l liniyasining 5-sonli quruqlik porti foydalanishg…
08:47 / 23.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!