O‘zbekistonda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bilimlarini tashqi diagnostika orqali baholash tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu bo‘yicha yangi nizom loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Unga ko‘ra, davlat va nodavlat OTMlarda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari har yili bahorgi semestrda test sinovlarida ishtirok etadi. Testlar 50 ta savoldan iborat bo‘lib, jami 100 ball bilan baholanadi.
Agar yo‘nalish bo‘yicha talabalar o‘rtacha 56 ball va undan yuqori natija ko‘rsatsa, ta’lim sifati belgilangan talablarga javob beradi deb hisoblanadi. 55 ball yoki undan past natija qayd etilsa, yo‘nalish talabga javob bermaydigan deb topilishi mumkin.
Shuningdek, past natija qayd etilgan pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha OTMlar navbatdan tashqari tekshiruvga tushishi mumkin.
Mazkur tizim Prezidentning 2025-yil 28-apreldagi pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi farmoni asosida 2026/27-o‘quv yilidan boshlab joriy etilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!