Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 20-may kuni soat 16:00 larda voyaga yetmagan Z.A. boshqaruvida bo‘lgan “Malibu 2” rusumli avtomashina Qўqon shahar A. Temur ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtda piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2016 yilda tug‘ilgan uch nafar voyaga yetmagan qizni urib yuborgan.
Natijada voyaga yetmagan M.K. olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Z.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli ota-onalar, voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan farzandlaringizga avtomobil boshqarishga yo‘l qo‘ymang. Aks holda bunday og‘ir oqibatlar yuzaga kelishi mumkin. Ogoh bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!