Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi 93 yoshli Ko‘paysin momo Sotivoldiyevaga ilk bor tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Onaxonning shaxsiy hujjatlarini tiklash maqsadida tuman adliya bo‘limi tomonidan sudga murojaat qilingan. Tekshiruvlar davomida Ko‘paysin momoning 1933-yil 2-mart kuni tug‘ilgani rasman tasdiqlandi.
Sud qaroridan so‘ng, onaxonga tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiy tarzda topshirildi. Ushbu hujjat uning kelgusidagi ijtimoiy va huquqiy masalalarini hal etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!