Kecha, 21-yanvar kuni Shvetsiyada, yumshoq qilib aytganda, notinchlik bo‘ldi – u yerda ommaviy ko‘cha tartibsizliklari avj oldi. Sababi, Daniyadagi o'ng qanot Stram Kurs (Qattiq chiziq) partiyasini boshqarayotgan daniyalik, shved pasportiga ega bo'lgan, islomga qarshi faol Rasmus Paludan boshchiligida amalga oshirilgan namoyishdir.
Ushbu siyosiy spektakl rejalashtirilgani juma kuni allaqachon ma'lum edi: Shvetsiya politsiyasi o'ta o'ng siyosiy partiya rahbariga Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi yaqinida Qur'on nusxasini yoqish uchun ruxsat berishini aytdi. Shundan so'ng rasmiy Anqarada mamlakat elchisi Staffan Xerstryomni chaqirtirishdi. Ular unga tushuntirishdi: bu aslida "ochiq-oydin nafrat bilan qilinayotgan jinoyat”, ular bunday "provokatsion harakat"ga chidashmoqchi emaslar.
"Shvetsiyaning ushbu pozitsiyasi qabul qilinishi mumkin emas. Biz bu xatti-harakatga yo'l qo'yilmasligini va muqaddas qadriyatlarni haqorat qilishni "demokratik huquqlar" niqobi ostida himoya qilib bo'lmasligini ma’lum qilamiz” - deya qo'shimcha qildi Turkiya TIV va diplomat mamlakatdan chiqarib yuborildi.
Bunga javoban, Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi islomofobiyani qo‘llab-quvvatlamasligini, biroq mamlakatda so‘z erkinligi borligini bildirdi. Stokgolmda Qur'onni yoqish bilan bog'liq aksiyadan so'ng Anqaraning bayonotiga vazirlik shunday munosabatda bo'ldi.
“Islomofobik provokatsiyalar dahshatli. Shvetsiyada keng qamrovli so'z erkinligi mavjud, ammo bu Shvetsiya hukumati yoki men o'zim bildirilgan e'tiqodlarni qo'llab-quvvatlaymiz, degani emas ", deb yozdi Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Tobias Billstryom o'zining Twitter sahifasida.
Nima uchun bunday ishlar qilinayabdi?
Qur'onning bugungi "yondirilishi" Stokgolmda shu hafta boshida bo'lib o'tgan norozilikning davomidir. Avvalroq, kurd faollari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tasvirlangan manekenni oyog‘idan osib qo‘yishdi. Anqara voqeaga keskin munosabat bildirgan va Shvetsiyani “terror tashviqot markazi” deb atagan va hukumatni Turkiyada faoliyat yuritayotgan qurolli kurd guruhlarini qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblagan.
Shvetsiya rasmiylarining pozitsiyasi noaniq. Nega ular Anqara bilan bunchalik ochiq va ravshan janjallashmoqda, ularning NATOga a'zo bo'lish-bo'lmasligi kimning qaroriga bog'liq?
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!