$
12915.90 UZS
11.39
162.44 UZS
0.45
14658.25 UZS
82.61
28° Kechasi 17°

Garvard universitetiga xorijiy talabalarni qabul qilish taqiqlandi

14:11 / 23.05.2025

“AQSh hukumati Garvard universitetiga xorijlik talabalarni o‘qishga qabul qilishni taqiqladi”, – The New York Times.

Ichki xavfsizlik vazirligi universitetga talabalarni almashinuv asosida qabul qilish imkonini beruvchi dastur sertifikatini zudlik bilan bekor qilish to‘g‘risida xat yuborgan.

Sertifikat bekor qilingani sababli Garvard endi chet elliklarga AQShda o‘qish vizasini olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni bera olmaydi. Garvardda o‘qiyotgan xorijliklar boshqa universitetga o‘tishlari kerak, aks holda, ular mamlakatda qolish huquqidan mahrum bo‘ladi.

Garvard rahbariyati hukumatning harakatlarini noqonuniy deb hisoblashini ma’lum qildi.

AQSh hukumati aprel oyi o‘rtalarida birinchi marta Garvardga xorijlik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qilib, universitet rahbariyatidan u yerda tahsil olayotgan xorijliklarning “noqonuniy va zo‘ravonlik harakatlari” haqida hisobot berishni talab qilgandi. Ichki xavfsizlik vazirligi universitetni talabalarning Falastin tarafdori bo‘lgan noroziliklari tufayli “antisemitizmga yo‘l qo‘yishda” ayblamoqda.

Bir necha kun oldin AQSh Garvard universitetiga ajratilgan 60 mln dollarlik federal grantlarni bekor qildi, bunga oliygohning antisemitik ta’qib va etnik kamsitish muammolarini hal qilmagani sabab qilib ko‘rsatildi.

Bunga parallel ravishda aprel oyida Oq uy Garvarddan keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazishni talab qildi, aks holda, universitetni federal moliyalashtirishdan butunlay mahrum qilinishini bildirdi. Hukumat talablari orasida faol o‘qituvchilarning ta’sirini kamaytirish va “Amerika qadriyatlari va institutlariga dushman” talabalarni qabul qilishni to‘xtatish ham bor edi. Garvard buni rad etdi, shundan so‘ng rasmiylar umumiy qiymati 2,2 milliard dollarlik grantlarni muzlatib qo‘ydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024−25-o‘quv yilida Garvardda 6800 ga yaqin xalqaro talaba tahsil olgan yoki talabalar sonining taxminan 27 foizini tashkil etgan, deya qayd etdi NYT.

 



														
														Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan hujumiga munosabat bildirdi

Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan hujumiga munosabat bildirdi

Kit Kellog Kiyevga berilgan zarbalar aks etgan suratlarni e’lon qilib, o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Biroq, u o‘z post…
22:07 / 25.05.2025

														
														Putinning vertolyoti dron hujumiga uchradi

Putinning vertolyoti dron hujumiga uchradi

Bu haqda “Rossiya” telekanali efirida havo hujumidan mudofaa bo‘linmasi qo‘mondoni Yuriy Dashkin ma’lum qildi.
21:07 / 25.05.2025

														
														Ilon Mask siyosiy maydondan ketishga qaror qildi

Ilon Mask siyosiy maydondan ketishga qaror qildi

“Men shundoq ham yetarlicha ish qildim”, — deya ta’kidladi milliarder Bloomberg nashriga bergan intervyusida.
09:16 / 25.05.2025

														
														Fransiya Pavel Durovga AQShga borishini taqiqladi

Fransiya Pavel Durovga AQShga borishini taqiqladi

Bu haqda Politico xabar bermoqda.
19:53 / 24.05.2025

														
														AQSh Suriyaga nisbatan bir qancha sanksiyalarni bekor qildi

AQSh Suriyaga nisbatan bir qancha sanksiyalarni bekor qildi

Shuningdek, Suriyaning vaqtinchalik prezidenti Ahmad ash-Shara va mamlakat ichki ishlar vaziri Anas Xattobga nisbatan ham ch…
10:00 / 24.05.2025

														
														Vyetnamda Telegram bloklandi

Vyetnamda Telegram bloklandi

Vyetnamda Telegram messenjeri rahbariyatining huquqbuzarliklarni tergov qilishda mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorli…
19:27 / 23.05.2025

														
														Garvard universitetiga xorijiy talabalarni qabul qilish taqiqlandi

Garvard universitetiga xorijiy talabalarni qabul qilish taqiqlandi

“AQSh hukumati Garvard universitetiga xorijlik talabalarni o‘qishga qabul qilishni taqiqladi”, – The New York Times.
14:11 / 23.05.2025

														
														Eron Isroilning ehtimoliy zarbasiga qat’iy javob berishni va’da qildi

Eron Isroilning ehtimoliy zarbasiga qat’iy javob berishni va’da qildi

Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) rasmiy vakili general-mayor Ali Muhammad Nainiy Eron yadroviy obektlariga zarba …
17:35 / 22.05.2025

														
														AQSh xorijga yordam uchun ajratilgan 250 mln dollarni migrantlarni deportatsiya qilishga sarflaydi

AQSh xorijga yordam uchun ajratilgan 250 mln dollarni migrantlarni deportatsiya qilishga sarflaydi

Shu bilan birga, The Washington Post’ning qayd etishicha, o‘tgan hafta Ichki xavfsizlik vazirligi va Davlat departamenti 250…
11:23 / 22.05.2025

														
														“Oltin gumbaz” bizni 100 foiz himoya qiladi” – Donald Tramp

“Oltin gumbaz” bizni 100 foiz himoya qiladi” – Donald Tramp

“Bu supertexnologiya dunyoda faqat bizda bor. “Oltin gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimini ishga tushirish taxminan 175 mi…
11:58 / 21.05.2025

Bu ham qiziq

Rossiya qo‘shinlarini Xarkov va Sumi viloyatlari chegarasida to‘plamoqda

Rossiya qo‘shinlarini Xarkov va Sumi viloyatlari chegarasida to‘plamoqda

Sky News’ning xabar berishicha, Rossiya Xarkov viloyati bilan chegarada 50 mingdan ortiq qo‘shinlarini, jumladan, elita havo…
14:12 / 25.05.2025
24-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

24-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja bo‘ladi.
22:08 / 23.05.2025
Toshkentda oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi

24-may kuni soat 18:40 da  Toshkent shahar Yunusobod tumani, Otchapar ko‘chasida joylashgan oshxonada, yong‘in sodir bo‘layo…
19:21 / 24.05.2025
Ronaldu klublar o‘rtasidagi JChda ishtirok etishi mumkin

Ronaldu klublar o‘rtasidagi JChda ishtirok etishi mumkin

Buni FIFA prezidenti Janni Infatino ma’lum qildi.
15:37 / 24.05.2025
Imom ota qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Imom ota qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani Imom ota qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomini tasdiqlovchi sertifikat topshirildi.
20:10 / 25.05.2025
O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilida 11-sinfni qancha o‘quvchi bitirgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilida 11-sinfni qancha o‘quvchi bitirgani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilda barcha mulkchilik shakli bo‘yicha umum…
14:02 / 24.05.2025
Samarqandda MChJ 5,3 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalandi

Samarqandda MChJ 5,3 mlrd so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalandi

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
19:11 / 24.05.2025
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi 4 oyda 24,6 mlrd AQSh dollariga yetdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi 4 oyda 24,6 mlrd AQSh dollariga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonning tashqi sa…
15:12 / 25.05.2025
Soliq idoralari mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Soliq idoralari mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jinoyat ishi doirasida qolgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan noqonuniy o‘zlashtirilgan byudjet mablag‘lari bo‘yich…
16:02 / 24.05.2025
Vini Jr “Real” bilan shartnomasini uzaytirdi

Vini Jr “Real” bilan shartnomasini uzaytirdi

Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
12:00 / 24.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!