$
12022.90 UZS
-37.58
144.75 UZS
-2.22
14025.92 UZS
-130.67
31° Kechasi 18°

Namangan, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari korrupsion holatlar aniqlandi

16:17 / 04.10.2025

O‘zbekiston xalqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Namangan viloyat hakamlik sudi sudyasi Chust tumanida yashovchi shaxsga mazkur tumanning “Mustaqillik” MFYdagi 6 sotix yer maydonida joylashgan, qurilishi tugallanmagan bahsli noturar binoga egalik huquqini beruvchi hal qiluv qarorini chiqarib berish evaziga 3200 AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda  hakamlik sudi sudyasi ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan boshqa tezkor tadbirda esa Farg‘ona viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi O‘zbekiston tumanidagi chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jalikning naslchilik toifasiga o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma rasmiylashtirib berganligi evaziga mazkur xo‘jalikning ish boshqaruvchisidan 500 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

Dastlabki surishtiruv tadbirlari davomida bosh mutaxassis ushbu pul mablag‘ini viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosariga berishi kerakligi ma’lum bo‘lib, tezkor tadbir davom ettirildi va mazkur mansabdor shaxs 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda, Pastdarg‘om tumanida buxgalteriya xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJ rahbari 2 nafar fuqaroni ishonchiga kirib, ularni o‘zi buxgalteriya ishini olib borayotgan korxonalarning go‘yoki ishchi xodimi bo‘lganliklari haqida soxta ma’lumotlar kiritish orqali ish stajlarini ko‘paytirib, har biriga 2,5 mln so‘mdan pensiya tayinlanishini “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Pastdarg‘om tuman bo‘limi xodimi bilan hal qilib, nafaqaga chiqarib berish evaziga 2000 AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda MChJ rahbari kelishilgan puldan 1900 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														Bojxona qo‘mitasi iPhone 17 olib kirish tartibini tushuntirdi

Bojxona qo‘mitasi iPhone 17 olib kirish tartibini tushuntirdi

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi yangi iPhone 17 modellarini mamlakatga olib kirish tartibi haqida ma’lumot berdi.
18:30 / 06.10.2025

														
														7-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 7-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
17:58 / 06.10.2025

														
														Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan …
16:33 / 06.10.2025

														
														Poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasining bir qismi 1-noyabrgacha yopildi

Poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasining bir qismi 1-noyabrgacha yopildi

Bu haqda Yashnobod tuman hokimligi xabar berdi.
15:20 / 06.10.2025

														
														“Samarqand mayizi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

“Samarqand mayizi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Qo‘shrabot tumanida ilk bor tashkil etilgan “Mayiz sayli” festivalida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz B…
11:46 / 06.10.2025

														
														Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida sezildi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida sezildi

Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
08:12 / 06.10.2025

														
														Ertadan Toshkentning 5 ta tumanida issiq suv taʼminotida uzilishlar boʻladi

Ertadan Toshkentning 5 ta tumanida issiq suv taʼminotida uzilishlar boʻladi

Xabarda aytilishicha, ushbu ishlar tizimni qishki mavsumga tayyorlash uchun zarur.
21:07 / 05.10.2025

														
														Prezident Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi

Prezident Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan …
19:12 / 05.10.2025

														
														“Etihad Airways” O‘zbekistonga parvozlar uchun ruxsat oldi

“Etihad Airways” O‘zbekistonga parvozlar uchun ruxsat oldi

Bu haqda “O‘zaviatsiya” agentligi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
16:46 / 05.10.2025

														
														Sirdaryoda hokim o‘rinbosari, Navoiyda esa hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Sirdaryoda hokim o‘rinbosari, Navoiyda esa hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Hozirda hokim o‘rinbosari hamda viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining tuman bo‘limi mutaxassisiga nisbata…
14:28 / 05.10.2025

Bu ham qiziq

XAMAS barcha tirik garovdagilarni bir yo‘la ozod qilishga tayyor

XAMAS barcha tirik garovdagilarni bir yo‘la ozod qilishga tayyor

Falastinning XAMAS harakati G‘azo sektorida garovga olingan barcha isroilliklarni bir kun ichida ozod qila oladi.
08:37 / 06.10.2025
Belarus rahbari migrantlarga yaxshi munosabatda bo‘lishga chaqirdi

Belarus rahbari migrantlarga yaxshi munosabatda bo‘lishga chaqirdi

Bu haqda mamlakat fuqarosi Aleksandr Lukashenko Gomel viloyatiga safari chog‘ida aytdi.
16:29 / 05.10.2025
Rossiyada benzin tanqisligi kuzatilmoqda

Rossiyada benzin tanqisligi kuzatilmoqda

So‘nggi haftalarda Rossiyada benzin tanqisligi keskinlashdi.
11:32 / 06.10.2025
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan qutladi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tavallud kuni bilan qutladi

O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy darajadagi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi va kun tartibi ham muhok…
13:00 / 05.10.2025
7-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 7-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
17:58 / 06.10.2025
Rossiya tunda Ukrainaga yirik havo hujumlarini uyushtirdi

Rossiya tunda Ukrainaga yirik havo hujumlarini uyushtirdi

Zaporojyega hujumlar oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, olti kishi jarohatlangan.
13:06 / 05.10.2025
Xitoyga “Matmo” tayfuni yopirildi

Xitoyga “Matmo” tayfuni yopirildi

Shu paytgacha 144 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan, ulardan 114 ming nafari allaqachon xavfsiz joylarga joylashtirilg…
16:06 / 05.10.2025
“Samarqand mayizi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

“Samarqand mayizi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Qo‘shrabot tumanida ilk bor tashkil etilgan “Mayiz sayli” festivalida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz B…
11:46 / 06.10.2025
Suriyada Asad rejimi ag‘darilganidan so‘ng ilk parlament saylovlari o‘tkazildi

Suriyada Asad rejimi ag‘darilganidan so‘ng ilk parlament saylovlari o‘tkazildi

xavfsizlik choralari sababli joriy yil yozda druzlar va badaviylar o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan janubdagi As-Suvayd…
12:39 / 06.10.2025
Poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasining bir qismi 1-noyabrgacha yopildi

Poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasining bir qismi 1-noyabrgacha yopildi

Bu haqda Yashnobod tuman hokimligi xabar berdi.
15:20 / 06.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!