$
11853.55 UZS
6.39
141.86 UZS
0.42
13869.84 UZS
26.43
31° Kechasi 18°

“Samarqand mayizi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

11:46 / 06.10.2025

Qo‘shrabot tumanida ilk bor tashkil etilgan “Mayiz sayli” festivalida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, qator vazirlik va idoralar vakillari, mahalliy va xorijiy mehmonlar, OAV va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbir doirasida qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalari, mayizchilikka bag‘ishlangan anjuman va konferensiyalar tashkil etildi. Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Adiz Boboyev Samarqand mayizining nufuzi, xalqimizning bog‘dorchilik an’analari, hosildor uzum navlarini ko‘paytirish va tokzorlarning sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili Samarqand viloyati bog‘bonlari 663 ming tonna uzum yetishtirgan bo‘lsa, joriy yil bu ko‘rsatkich 700 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. Yilning birinchi yarmida esa 2 ming tonna uzum va 34,2 ming tonna mayiz mahsuloti eksport qilingan.

Hozir Qo‘shrabot tumanidagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari 7 ming gektardan ortiq yer maydonida uzum yetishtirmoqda. Bu tokzorlardan har yili 50–55 ming tonna hosil olinadi va uning katta qismi mayizga aylantiriladi.

“Mayiz sayli”da Adliya vaziri Akbar Toshqulov ishtirok etib, viloyat rahbari Adiz Boboyevga “Samarqand mayizi” geografik ko‘rsatkichi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqidagi hujjatni hamda Qo‘shrabot tumani hokimiga “Qo‘shrabot mayizi” tovar belgisi rasman ro‘yxatdan o‘tgani haqidagi guvohnomani topshirdi.

Shuningdek, festivalda faol ishtirok etgan tumanlar fermer va dehqonlari, tomorqa xo‘jaliklari vakillariga viloyat hokimligi tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha tashakkurnomalar taqdim etildi.

Avvalroq davlat reyestriga “Samarqand noni”, “Samarqand no‘xatsho‘ragi” va “Samarqand qog‘ozi” kabi geografik ko‘rsatkichlar ham kiritilgan edi.


O‘zbekiston


														
														Qashqadaryoda YPX xizmat mashinasini urib ketgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Qashqadaryoda YPX xizmat mashinasini urib ketgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Chiroqchi tumanida YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, patrul avtomobiliga urilgan Nexia 2 haydovchisi 15 sutk…
16:19 / 23.08.2026

														
														Qozog‘istonda yangi parlament — Qurultoyga saylovlar boshlandi

Qozog‘istonda yangi parlament — Qurultoyga saylovlar boshlandi

Qozog‘istonda mamlakat tarixidagi ilk bir palatali Qurultoy saylovlariga start berildi.
15:06 / 23.08.2026

														
														“Open budget”da pul va’da qilayotganlardan ogoh bo‘ling

“Open budget”da pul va’da qilayotganlardan ogoh bo‘ling

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda norasmiy Telegram-botlar orqali “Tashabbusli budjet” jarayonida ovoz berish evaziga p…
10:34 / 23.08.2026

														
														Toshkentda xalqaro investitsiyalarning yangi bosqichi muhokama qilinadi

Toshkentda xalqaro investitsiyalarning yangi bosqichi muhokama qilinadi

Ilk bor Toshkent shahrida Markaziy Osiyoga xalqaro investitsiyalarni jalb etishning keyingi bosqichiga bag‘ishlangan muhim p…
10:29 / 23.08.2026

														
														ChatGPT 31 davlatda reklama ko‘rsatishni boshlaydi

ChatGPT 31 davlatda reklama ko‘rsatishni boshlaydi

ChatGPT 24-avgustdan boshlab 31 ta davlatdagi foydalanuvchilarga reklama ko‘rsatishni boshlaydi.
10:23 / 23.08.2026

														
														Qozog‘istondagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi YTHda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

FVV Qozog‘iston Respublikasining Qizilorda viloyatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.
18:00 / 22.08.2026

														
														Parkentda “Uzum sayli” xalqaro festivali davom etmoqda

Parkentda “Uzum sayli” xalqaro festivali davom etmoqda

Parkent tumanida an’anaviy “Uzum sayli” xalqaro festivali qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
12:47 / 22.08.2026

														
														Qozog‘istonda xavfli kasallik: o‘zbekistonliklar ham kasallangan

Qozog‘istonda xavfli kasallik: o‘zbekistonliklar ham kasallangan

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida yil boshidan buyon sakkiz kishida Kongo-Qrim gemorragik isitmasi aniqlangan. Ular orasi…
12:03 / 22.08.2026

														
														Qashqadaryoda IIB xodimi fuqaroni qiynoqqa solib, kaltaklagani aytilmoqda

Qashqadaryoda IIB xodimi fuqaroni qiynoqqa solib, kaltaklagani aytilmoqda

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida Ichki ishlar bo‘limi xodimi mahalliy fuqaroni qiynoqqa solib, kaltaklagani haqid…
12:00 / 22.08.2026

														
														Britaniyada piton saratondan noyob usul yordamida davolandi

Britaniyada piton saratondan noyob usul yordamida davolandi

Buyuk Britaniyaning Kent grafligidagi hayvonot bog‘ida veterinarlar 18 yoshli, besh metr uzunlikdagi Jodi Foster laqabli to‘…
11:53 / 22.08.2026

Bu ham qiziq

Toshkentda taksi haydovchisiga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi

Toshkentda taksi haydovchisiga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi

Toshkentda taksi haydovchisi bilan yuzaga kelgan mojaro vaqtida unga kuch ishlatgan bloger qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent…
14:43 / 19.08.2026
Surxondaryoda 3 kg dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi

Surxondaryoda 3 kg dan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yich…
11:21 / 22.08.2026
Xitoyda qishloq uyining bir qismi qulab tushdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda qishloq uyining bir qismi qulab tushdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Sichuan provinsiyasida oilaviy tadbir vaqtida uyning bir qismi qulab tushishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 17 k…
09:54 / 19.08.2026
Tarkibida psixofaol va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar fosh etildi

Tarkibida psixofaol va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan mahsulotlar fosh etildi

Toshkent xalqaro aeroportida kannabis moyi va psixofaol qo‘ziqorinlar aniqlandi
09:40 / 19.08.2026
Chinozda ko‘p qavatli uyning tom qismi yonib ketdi

Chinozda ko‘p qavatli uyning tom qismi yonib ketdi

Bugun, 22-avgust kuni soat 08:17 da Toshkent viloyati Chinoz tumani “Bunyodkor” MFY, Sh. Rashidov ko‘chasida joylashgan ko‘p…
11:40 / 22.08.2026
Qashqadaryoda YPX xizmat mashinasini urib ketgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Qashqadaryoda YPX xizmat mashinasini urib ketgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Chiroqchi tumanida YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, patrul avtomobiliga urilgan Nexia 2 haydovchisi 15 sutk…
16:19 / 23.08.2026
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini chaqirtirdi

“Rossiya Federatsiyasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mixail Evdokimov Tashqi ishlar vazirligi…
17:31 / 18.08.2026
Britaniyada piton saratondan noyob usul yordamida davolandi

Britaniyada piton saratondan noyob usul yordamida davolandi

Buyuk Britaniyaning Kent grafligidagi hayvonot bog‘ida veterinarlar 18 yoshli, besh metr uzunlikdagi Jodi Foster laqabli to‘…
11:53 / 22.08.2026
Dunyoda ilk bor to‘liq uzilgan ikki oyoq qayta ulandi

Dunyoda ilk bor to‘liq uzilgan ikki oyoq qayta ulandi

Xitoyda zavoddagi baxtsiz hodisa oqibatida son qismidan to‘liq uzilib ketgan ikkala oyog‘i muvaffaqiyatli qayta ulangan 51 y…
09:48 / 19.08.2026
Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xorazm viloyatining Gurlan tumaniga yangi hokim tayinlandi.
14:31 / 19.08.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!