Toshkent shahridagi Maxtumquli ko‘chasining bir qismi 5-oktyabrdan boshlab yopildi. Bu haqda Yashnobod tuman hokimligi xabar berdi.
Xabar berilishicha, Toshkent Kichik halqa avtomobil yo‘lining (KHAY) Maxtumquli ko‘chasi bilan kesishmasidagi ko‘prik osti qismida yo‘l infratuzilmasini yangilash ishlari olib boriladi. Shu bois 5-oktyabr kunidan 1-noyabr kuniga qadar Maxtumquli ko‘chasining ko‘prik osti qismida avtomobil yo‘lining harakatlanishi qisman cheklandi.
“2025-yilning 1-noyabr kuniga qadar ishlar yakunlangach, yo‘l harakati to‘liq tiklanadi”, – deyiladi hokimlik xabarida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!