Finlandiya Respublikasi prezidenti Aleksandr Stubb 2025-yilning 30–31-oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Finlandiya prezidenti devoni matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Stubb 31-oktyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, Yevropa va Markaziy Osiyo uchun dolzarb bo‘lgan geosiyosiy vaziyat hamda uning mintaqaviy oqibatlari muhokama etiladi. Shuningdek, muzokaralarda Rossiyaning Ukrainaga qarshi noqonuniy urushi va ko‘p tomonlama xalqaro tizimni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqiladi.
Tashrif doirasida Finlandiya rahbari Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza o‘qishi, tashqi siyosat sohasidagi ekspertlar bilan uchrashishi hamda fin ishbilarmonlari ishtirokidagi biznes-seminarda qatnashishi rejalashtirilgan.
Fin delegatsiyasi tarkibiga parlament a’zosi, O‘zbekiston bilan do‘stlik guruhi raisi Ville Skinnari, shuningdek, Finlandiya savdo va sanoat sohasi vakillari kiradi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!