$
12194.21 UZS
-16.5
149.97 UZS
-0.39
13984.32 UZS
-51.89
31° Kechasi 18°

Islombek Ismoilov U-17 terma jamoa boshqaruvidan ketdi

11:57 / 19.11.2025

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Italiyaga qarshi o‘yindan so‘ng jamoa bilan faoliyatini yakunlaganini va jamoa ham rasman tarqatilganini e’lon qildi – yangi tarkib 2026-yilda shakllanadi.

U-17 futbol bo‘yicha Jahon chempionatining nimchorak final bosqichida Italiya terma jamoasidan (2:3) mag‘lubiyatga uchragan uchrashuvdan so‘ng, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov jamoa bilan faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

Ismoilovning aytishicha, U-17 terma jamoasi uchun Jahon chempionati ushbu yosh toifasidagi so‘nggi bosqich bo‘lib, jamoa bugungi natija bilan o‘z faoliyatini rasman tugatdi. Shu munosabat bilan murabbiylar shtabi, futbolchilar va texnik xodimlar terma jamoa tarkibidan ketishdi.

“Bugun biz Jahon chempionatidagi ishtirokimizni yakunladik. Shu bilan birga, 3 yil davomida yuragim bilan xizmat qilgan U-17 terma jamoamizning ham faoliyati nihoyasiga yetdi”, — deb yozdi Ismoilov o‘zining rasmiy sahifasida.

Shuningdek, murabbiy uchrashuv davomida yuzaga kelgan ayrim vaziyatlarga izoh berar ekan, futbolchilarning maydonda provokatsiyaga berilib qolganini eslatib o‘tib, o‘yin oldidan berilgan ko‘rsatmalar qayta-qayta ta’kidlanganini, biroq ayrim futbolchilar baribir bunga amal qilmaganini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, professionallik talablari asosida berilgan ogohlantirishlarga qaramay, ayrim futbolchilarning hissiyotlarga berilishi jamoadoshlarini qiyin ahvolga solishi mumkin.

Bundan tashqari, murabbiy o‘yinda bir necha futbolchilarning sirpanib ketgani bo‘yicha savollarga javob berdi. Ismoilov bunga ayrim futbolchilarning noto‘g‘ri turdagi — plastik tishli butsalardan foydalangani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

“Har xil maydon sharoiti uchun futbolchilarda kamida 2–3 turdagi butsa bo‘lishi kerakligini doimo uqtirib kelganmiz. Bunga qaramay, ayrim futbolchilar bularga amal qilmagan. Futbolda mayda detal bo‘lmaydi”, — dedi Ismoilov.

U-17 jamoasining yangi avlodi 2026-yildan boshlab shakllantiriladi va u hozirda Sergey Chigodayev boshchiligidagi U-16 terma jamoasi asosida tuziladi.


Futbol


														
														Abduqodir Husanov “Manchester Siti” tarkibidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” tarkibidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

O‘yinda to‘liq harakat qilgan Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovriniga ega chiqdi.
09:12 / 23.03.2026

														
														O‘zbekiston MTJ FIFA kunlaridagi yig‘inida ishtirok etuvchi tarkibini e’lon qildi

O‘zbekiston MTJ FIFA kunlaridagi yig‘inida ishtirok etuvchi tarkibini e’lon qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro tomonidan mart oyida bo‘lib o‘tadigan yig‘inga jalb etilgan …
16:09 / 21.03.2026

														
														“Manchester Siti” ochko yo‘qotgan bahsda Husanovning o‘yini qanday baholandi?

“Manchester Siti” ochko yo‘qotgan bahsda Husanovning o‘yini qanday baholandi?

“Manchester Siti” va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasi 30-turidan o‘rin olgan “…
08:59 / 15.03.2026

														
														Bugun O‘zbekiston ayollar terma jamoasi JCh yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi

Bugun O‘zbekiston ayollar terma jamoasi JCh yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi

Bugun, 14-mart kuni Avstraliyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi chorak finalida O‘zbekisto…
12:15 / 14.03.2026

														
														Finalissima Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab o‘tkazilmasligi mumkin

Finalissima Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab o‘tkazilmasligi mumkin

“Qatar futbol assotsiatsiyasi bugundan boshlab barcha turnirlar, musobaqalar va o‘yinlar keyingi noma’lum muddatga qoldirilg…
14:19 / 02.03.2026

														
														Messi Jahon chempionatida qatnashmaydimi?

Messi Jahon chempionatida qatnashmaydimi?

AQShning “Inter Mayami” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok eti…
17:23 / 14.02.2026

														
														Gvardiola: “Abduqodir Shekspir emas, lekin...”

Gvardiola: “Abduqodir Shekspir emas, lekin...”

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Premyer Ligasining 16-turi doirasidagi “Fulhem”ga qarshi bahs oldidan…
10:00 / 11.02.2026

														
														Shomurodov Turkiya Superligasining tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi

Shomurodov Turkiya Superligasining tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi

Turkiya Superligasining 21-tur uchrashuvlari yakunlandi. Mazkur turda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Eldor Shomur…
16:07 / 10.02.2026

														
														Husanov jamoasi bilan birga Angliya Liga Kubogi finaliga yo‘l oldi

Husanov jamoasi bilan birga Angliya Liga Kubogi finaliga yo‘l oldi

“Manchester Siti” Angliya Liga Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida “Nyukasl”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqa fi…
10:30 / 05.02.2026

														
														Shomurodov “Fenerbahche”ga o‘tishi mumkin

Shomurodov “Fenerbahche”ga o‘tishi mumkin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini…
13:03 / 04.02.2026

Bu ham qiziq

Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

2026-yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonala…
09:30 / 31.03.2026
Iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini saqlash va davom ettirish choralari koʻrib chiqildi

Iqtisodiyotda oʻsish surʼatlarini saqlash va davom ettirish choralari koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga 2026-yilning birinchi choragida iqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozini ta’minlash hamda jahon bo…
17:18 / 30.03.2026
Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Oq uy Rossiya tankeri tomonidan Kubaga neft yetkazilganiga izoh berdi.
17:49 / 31.03.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘y…
12:37 / 01.04.2026
Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o…
11:42 / 01.04.2026
Tibbiyot xodimlari uchun imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi ishlab chiqildi

Tibbiyot xodimlari uchun imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi ishlab chiqildi

15 yillik ish stajiga ega xodimlarga uy-joy uchun ipoteka olishda 25% dastlabki badal davlat tomonidan to‘lab beriladi.
17:11 / 29.03.2026
Bugun Toshkent — Andijon yo‘nalishidagi poyezdlari qatnovi bekor qilinadi

Bugun Toshkent — Andijon yo‘nalishidagi poyezdlari qatnovi bekor qilinadi

Temiryo‘l chiptalari uchun to‘langan mablag‘lar yo‘lovchilarga to‘liq qaytarib beriladi.
09:10 / 30.03.2026
Ketma-ket urushlar ortidan Isroil iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi

Ketma-ket urushlar ortidan Isroil iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi

Mamlakat Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo bilan bog‘liq mojaro boshlanganidan beri to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘qotishlar 57…
12:31 / 30.03.2026
Isroil Tehrondagi harbiy obyektlarga zarba berilganini e’lon qildi

Isroil Tehrondagi harbiy obyektlarga zarba berilganini e’lon qildi

Shuningdek, Tramp Xarg orolini bosib olib, Eron neftini qo‘lga kiritishi mumkinligini aytmoqda.
09:26 / 30.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!