Donald Tramp Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuga Livanga zarbalar masalasida ehtiyotkor va aniq nishonli harakat qilishni tavsiya qildi.
Trampning ta’kidlashicha, harbiy amaliyotlar vaqtida fuqarolik binolari vayron bo‘lishi holatlari Isroil imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
“Men Netanyaxuga aytdim: aniqroq harakat qiling, binolarni vayron qilmang. Bu juda jiddiy masala va Isroil uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin,” — degan u.
AQSh prezidenti Livan va uning rahbariyatiga nisbatan ijobiy munosabatda ekanini ham bildirgan. Uning fikricha, mintaqadagi vaziyat Eron atrofidagi keskinlik bilan bevosita bog‘liq.
Shu bilan birga, AQSh ma’muriyati Isroilni vaziyatni keskinlashtirmaslikka chaqirib, Livan bilan diplomatik jarayonni davom ettirish zarurligini urg‘ulagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!