Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Hormuzni “Tramp bo‘g‘ozi” deb nomlash g‘oyasini ilgari surdi.
Avvalroq u Mayamida o‘tkazilgan investitsiya forumida hazil tariqasida ushbu strategik dengiz yo‘lini o‘z nomi bilan atash mumkinligini aytgan edi. Keyinchalik “New York Post” nashri ham Tramp ma’muriyatida bo‘g‘oz nomini o‘zgartirish imkoniyati ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar bergan.
Tramp ilgari ham geografik va tarixiy obektlarni qayta nomlash tashabbuslari bilan chiqqan. Xususan, u ba’zi hududlar nomini o‘zgartirish bo‘yicha farmonlar imzolagan.
Ma’lumot uchun, Strait of Hormuz dunyodagi eng muhim neft tashish yo‘llaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda ushbu hudud atrofida geosiyosiy keskinliklar ham bir necha bor kuzatilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!