$
11975.36 UZS
-98.06
162.91 UZS
-1.56
14020.75 UZS
-113.6
31° Kechasi 18°

Qoʻyliq dahasidan Sergeli yoʻlining 5-bekatigacha 11 kilometrdan ziyod estakada quriladi

07:36 / 16.11.2021

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni Toshkent shahrining transport infratuzilmasini rivojlantirishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent metropolitenini yanada rivojlantirish maqsadida “Buyuk ipak yoʻli” bekatidan Toshkent traktor zavodi dahasigacha yerosti yoʻli hamda yerusti halqa metrosining ikkinchi bosqichini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Taqdimotda shu boradagi loyiha takliflari koʻrib chiqildi. Masalan, yangi yerosti yoʻlini Mirzo Ulugʻbek koʻchasi yoki Buyuk ipak yoʻli koʻchasi orqali olib oʻtish ustida ishlanmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, birinchi holatda yoʻl uzunligi 8,6 kilometr, kunlik yoʻlovchilar soni  62 ming boʻladi. 

Ikkinchi variantda esa masofa salkam 8 kilometr boʻlib, kuniga 55 ming kishiga xizmat koʻrsatilishi mumkin. Qurilish ishlari besh yilga moʻljallangan.

Keltirilishicha, yerusti metrosining ikkinchi bosqichi ham muhim loyiha boʻlib, unga koʻra, Qoʻyliq dahasidan Sergeli yoʻlining 5-bekatigacha 11 kilometrdan ziyod estakada quriladi. Bekatlar soni yettita boʻlishi, kuniga 38 ming yoʻlovchi tashilishi kutilmoqda.

Yana bir loyihaga muvofiq, Bobur koʻchasidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi yoʻl oʻtkazgichi kengaytirilib, yonida halqa shaklida aylanma koʻprik qurish koʻzda tutilgan.

Taqdimotda ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy masalalari muhokama qilinib, davlatimiz rahbari loyihalarni qulaylik, xavfsizlik va sifat jihatidan takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berdi.


Bu ham qiziq

OpenAI sun’iy intellektni (SI) global darajada boshqarish uchun xalqaro organ tuzishni taklif qildi.

OpenAI sun’iy intellektni (SI) global darajada boshqarish uchun xalqaro organ tuzishni taklif qildi.

Kompaniya vakili Kris Lixeynning aytishicha, SI texnologiyasi endi oddiy savdo yoki alohida davlatlar qoidalari bilan chekla…
17:05 / 14.05.2026
1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Hukumatning tegishli qarori (243-son, 15.05.2026-y) bilan 2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tarif…
14:43 / 15.05.2026
“Prezident hojisi” sifatida 100 nafar vatandosh Haj safariga bepul yuboriladi

“Prezident hojisi” sifatida 100 nafar vatandosh Haj safariga bepul yuboriladi

O‘zbekistonda “Prezident hojisi” dasturi doirasida 100 nafar fuqaro Haj safariga bepul yuborilmoqda. Yo‘llanmalarni topshiri…
07:23 / 15.05.2026
“Oltin Qalam” XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga arizalar qabul qilinmoqda

“Oltin Qalam” XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovga arizalar qabul qilinmoqda

XX Milliy mukofoti doirasida e’lon qilingan xalqaro tanlovga ijodiy ishlar qabul qilish jarayoni davom etmoqda.
10:38 / 13.05.2026
“Biz Buxoroda ko‘zdan kechirgan bog‘cha va poliklinikalarning ahvoli nihoyatda achinarli...” – Saida Mirziyoyeva

“Biz Buxoroda ko‘zdan kechirgan bog‘cha va poliklinikalarning ahvoli nihoyatda achinarli...” – Saida Mirziyoyeva

Hududlarga safarlarimiz – Prezident topshiriqlari ijrosining qat’iy nazorati va joylardagi har bir muammoga qaratilgan e’tib…
12:34 / 15.05.2026
O‘zbekiston Prezidenti Turkistonga bordi

O‘zbekiston Prezidenti Turkistonga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkiston shahriga bordi.
12:11 / 15.05.2026
Bugun Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklif…
09:30 / 15.05.2026
16-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

16-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumki…
16:41 / 15.05.2026
Dunyoda sharob iste’moli rekord darajada kamaydi.

Dunyoda sharob iste’moli rekord darajada kamaydi.

Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkiloti (OIV) ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda butun dunyoda 208 million gektolitr vino ist…
17:13 / 14.05.2026
855 ming doza narkotik, 410 ming dona psixotrop vosita: bir oyda 23 ta uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

855 ming doza narkotik, 410 ming dona psixotrop vosita: bir oyda 23 ta uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

Huquq-tartibot organlari tezkor bo‘linmalari hamkorligida aprel oyida uyushgan narko-jinoyatchilik va uyushgan jinoiy guruhl…
09:25 / 15.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!