$
11772.95 UZS
-35.81
₽
141.14 UZS
-1.02
€
13224.55 UZS
-179.57
31° Kechasi 18°

Oʻzbekiston banan import qilish boʻyicha rekord oʻrnatdi

20:27 / 27.11.2021

Joriy yilda oʻtgan yilga nisbatan 2,3 barobar koʻp miqdorda banan import qilingan. Bu haqda EastFruit xabar berdi.

Manbaning maʼlum qilishicha, mazkur koʻrsatkich 2020-yildagi import hajmidan 60 foizga, 2019-yilga nisbatan esa 37 foizga koʻp, yaʼni, 2020-yilda import hajmi 25,5 ming tonnani, jami 2020-yilda 36,7 ming tonnani tashkil qilgan.

Keltirilishicha, Oʻzbekiston oxirgi 10 oy ichida import qilgan banan miqdori 58,6 ming tonnani tashkil etgan boʻlib, shundan 98,6 foizi mamlakatga asosiy banan yetkazib beruvchi Ekvador Respublikasiga tegishli.

Qayd etilishicha, 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi 2019-yilga nisbatan import oʻsish tendensiyasini 14 foizga kamaytirgan. Bunga Xitoydan keltirilgan bananlar haqidagi asossiz mish-mishlar sabab boʻldi va isteʼmol koʻrsatkichiga salbiy taʼsir koʻrsatdi.

Keyinchalik, 2021-yilda bananlarning sifati haqidagi mish-mishlarning yoʻqolishi, hoʻl meva va sabzavotlarga nisbatan banan narxining arzonlashishi, shu bilan birga supermarketlarning koʻpayishi isteʼmolchilar sonini oshishiga sabab boʻlgan.

Qolaversa, Oʻzbekiston hukumatining 2021-yil 7-oktyabrdagi bir qator mevalar, jumladan, banan importini bojxona toʻlovlaridan ozod qilish toʻgʻrisidagi qarorini inobatga olib, 2021-yil yakunida umumiy yillik import hajmi yanada oshishi mumkinligi aytilgan.

Shuningdek, bojxona toʻlovlarining bekor qilinishi, sitrus mevalar ulgurji narxining sezilarli darajada pasayishiga olib kelgan. Xususan, 2021-yilning 5-19-noyabr kunlari bananning oʻrtacha ulgurji narxi 16 foizga pasaygan va hozirgi koʻrsatkich 2021-yil yanvar oyida qayd etilgan eng past darajaga yetgan.


Bu ham qiziq

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

2-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim voqealar
08:50 / 02.10.2026
Quyosh tizimining tashqi sayyoralari kutilganidan tezroq parchalanishi mumkin

Quyosh tizimining tashqi sayyoralari kutilganidan tezroq parchalanishi mumkin

Yangi tadqiqotga ko‘ra, Quyosh tizimining tashqi sayyoralari — Yupiter, Saturn, Uran va Neptun — Quyosh oq mitti yulduzga ay…
09:54 / 03.10.2026
O‘zbekistonda shakar miqdori yuqori ichimliklarga ogohlantirish yozuvlari qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda shakar miqdori yuqori ichimliklarga ogohlantirish yozuvlari qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda alkogolsiz ichimliklar tarkibidagi shakar miqdori haqida majburiy ogohlantiruvchi yozuvlar joriy etilishi reja…
16:19 / 30.09.2026
O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi

O‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi

O‘zbekistonda pedagoglar uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy malaka oshirish kursida o‘qish talab…
14:17 / 30.09.2026
Shavkat Mirziyoyev: “Hech bir texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yo‘l topa olmaydi”

Shavkat Mirziyoyev: “Hech bir texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yo‘l topa olmaydi”

O‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda dunyoda bilim yaratish, axborot tarqatish va mehnat qilish usullari jadal o‘zgar…
13:57 / 30.09.2026
Bog‘chalarda o‘yin orqali ta’lim berish dasturi barcha muassasalarga joriy etiladi

Bog‘chalarda o‘yin orqali ta’lim berish dasturi barcha muassasalarga joriy etiladi

Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin orqali ta’lim berishga qaratilgan yangi dastur yil yakuniga qadar 38 mingdan ortiq b…
14:32 / 30.09.2026
Ishlaydigan onalarning oilaviy bog‘cha badali budjet hisobidan qoplanadi

Ishlaydigan onalarning oilaviy bog‘cha badali budjet hisobidan qoplanadi

Kelasi yil 1-yanvardan 2–3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishlaydigan onalarning bog‘cha badali budjet hisobidan…
14:37 / 30.09.2026
O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi

O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chor…
14:01 / 30.09.2026
O‘zbekistonda banklar uchun firibgarlik operatsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi talablar belgilanadi

O‘zbekistonda banklar uchun firibgarlik operatsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi talablar belgilanadi

O‘zbekistonda banklar va to‘lov tashkilotlarida firibgarlik operatsiyalarini aniqlash bo‘yicha yangi talablar joriy etilishi…
10:35 / 30.09.2026
Termizda Damas avtomobilida 21 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi

Termizda Damas avtomobilida 21 nafar bola olib ketilayotgani aniqlandi

Termiz shahrida Damas avtomobilida 21 nafar voyaga yetmagan bola olib ketilayotgani aniqlandi. Bolalar xususiy oilaviy bog‘c…
15:42 / 30.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!