Surxondaryo viloyatining Denov tumanida davlat zaxirasidagi 20 sotix yaylov yerini 500 million sömga sotişni va’da qilgan fuqaro qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 1980-yilda tuğilgan, Denov tumanida yaşovçi va qorovul bölib işlaydigan fuqaro 1986-yilda tuğilgan Sariosiyo tumani fuqarosiga Oybarak mahallasida joylaşgan davlat zaxirasidagi 20 sotix yaylov yerini öziniki sifatida taniştirgan.
U har bir sotix yer uçun 25 million sömdan, jami 500 million söm talab qilgan. Şuningdek, yuqori lavozimlarda işlaydigan tanişlari orqali yer hujjatlarini xaridor nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilgan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvçi kelişilgan pulning bir qismi — 14 ming AQŞ dollari va 62 million sömni, jami 230 million söm miqdoridagi mablağni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) hamda 211-moddasi 3-qismi «a» bandi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!