Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz sotişga ruxsat berişda ularning tibbiyot xodimi nazoratisiz mustaqil va xavfsiz qöllaniş imkoniyati, notöğri foydalaniş, dozani oşirib yuboriş, suiiste’mol qiliş va qaramlikka olib keliş xavfi baholanadi.
Şuningdek, dori vositasidan foydalaniş yöriqnomasining iste’molçilar uçun tuşunarliligi, xavfsizlik monitoringi natijalari hamda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan e’tirof etilgan tartibga soluvçi organlarning tasnifi ham inobatga olinadi. Bir neçta faol moddadan taşkil topgan dorilarda esa har bir moddaning davolaşdagi ahamiyati, kombinatsiyaning foyda va xavf nisbati, klinik asoslanganligi hamda notöğri qöllaş ehtimoli hisobga olinadi.
Yangi tartibga köra, dorini retseptli toifadan retseptsiz toifaga ötkaziş haqidagi murojaat rad etilgan bölsa, ariza beruvçi rad etiş sabablari bartaraf etilganda yoki xavfsizlik va samaradorlikka oid yangi ma’lumotlar paydo bölganda uç yil kutmasdan qayta murojaat qilişi mumkin. Vakolatli organ ham yangi ilmiy ma’lumotlar, xavfsizlik monitoringi natijalari yoki qonunçilikdagi özgarişlar asosida dorining toifasini qayta körib çiqiş huquqiga ega.
Şunday qilib, yangi mezonlar dori vositalarini retseptsiz sotiş masalasida ularning tarkibi bilan birga xavfsizligi va mustaqil qöllaş imkoniyatini ham baholaşni nazarda tutadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!