Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada vafot etdi. Hodisa yuzasidan ferma egasi va yana ikki kişi qölga olindi. Bu haqda “Dawn” naşri xabar berdi.
Naşr ma’lumotiga köra, Nauman ismli kontent yaratuvçi ijtimoiy tarmoqlar uçun video tasvirga oliş maqsadida Lahor şahrining Kahna hududidagi fermaga borgan. Şu vaqtda fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qilgan.
Yigit oğir jarohatlar bilan şifoxonaga olib borilgan, biroq şifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan. Politsiya ma’lumotiga köra, dastlab hodisani it hujumi sifatida körsatib, yaşirişga urinişgan. Keyingi tekşiruvlarda yigitga aynan yölbars hujum qilgani aniqlangan.
Hodisa yuzasidan ferma egasi, kontent yaratuvçi Nauman va yana bir kişi qölga olingan. Yölbars yovvoyi tabiatni muhofaza qiliş xizmati xodimlariga topşirilgan.
Hozirda mutasaddilar fermada yölbars boqiş uçun tegişli ruxsatnoma mavjudligi hamda xavfsizlik talablari bajarilganini tekşirmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!