“Atalanta” va Turkiya terma jamoasi himoyachisi Merih Demiral “Yuventus”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduning ismi va dastxati tushirilgan libosini auksionga qoʻydi.
Futbolchi sotuvdan tushadigan pullarni Turkiyadagi zilziladan jabrlanganlarga yordam berish uchun yuborishni rejalashtirgan.
“Men Krishtianu bilan gaplashdim. Turkiyada sodir boʻlgan voqeadan juda xafa ekanligini aytdi. Kolleksiyamdagi Ronaldu imzosi tushirilgan futbolkani kimoshdi savdosiga qoʻyaman.
Kim oshdi savdosidan tushgan barcha mablagʻ xayriya qilinadi va zilzila oqibatida jabrlanganlarga yoʻnaltiriladi”, — deb yozdi Demiral ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Mavzuga doir: Odamlar halok boʻlmoqda. Iltimos, Alloh roziligi uchun yordam bering – Turkiyalik sobiq futbolchi
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!