$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Mustaqillik yo‘lida qatag‘on qilingan yana 120 nafar shaxs oqlandi

23:45 / 06.01.2022

Oliy sudga 2021-yil dekabr oyida 120 nafar shaxsga nisbatan 6 ta jinoyat ishi kelib tushgan bo‘lib, ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan jinoyat ishlari yuzasidan tegishli tartibda Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga protestlar keltirilgan.

Qayd etilishicha, 2022-yil 6-yanvar kuni ushbu jinoyat ishlari Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov raisligida o‘tkazilgan ochiq sud majlislarida ko‘rib chiqilib, keltirilgan protestlar qanoatlantirilib, Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasiga asosan jami 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha 120 nafar shaxs oqlangan.

Shavkat Mirziyoevning 2020-yil 8-oktyabrdagi “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi qabul qilingani bunga keng yo‘l ochdi.

Xususan, O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) hay’atining 1925-yil 4-sentyabrdagi maxsus yig‘ilish qaroriga ko‘ra, Mirza Ibragimov Mir Axur va boshqalar (jami 43 kishi) O‘zSSR Jinoyat kodeksining 61-moddasi (xorijiy mamlakatlar yoki ijtimoiy guruhlar foydasiga og‘ish) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda urushni e’lon qilish hamda sovet davlatiga qarshi qurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etish, 67-moddasi (aksilinqilobiy tashkilotlarga a’zolik qilish) va 69-modda (inqilobiy harakat va proletariat sinfiga qarshi faol harakat yoki kurashish) ya’ni fuqarolar urushi vaqtida aksilinqilobiy hukumat tuzishda aybli deb topilib, surgun jazosiga hukm qilinib, ularga tegishli mol-mulklar musodara etilgan.

O‘rta Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Doimiy vakili huzuridagi Uchlik yig‘inining 1930-yil 24-yanvardagi qaroriga ko‘ra, Appax Xodja Asqar Xodjayev va boshqalar (jami 40 kishi) O‘zSSR Jinoyat kodeksining 78-moddasi (banditizm) sovet davlatiga qarshi qurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etganlikda aybli deb topilib, surgun va eng og‘ir jazo-otishga hukm qilinib, otilgan va mol-mulki musodara qilinishi belgilangan.

Markaziy Osiyodagi Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi (BDSB) Doimiy vakili qoshidagi Uchlik kengashining 1930-yil 24-martdagi bayoniga ko‘ra, Abduraximov Mirza Xodja va boshqalar (jami 15 kishi) O‘zSSR Jinoyat kodeksining 67 va 78-moddalari, aksilinqilobiy maxfiy tashkilotini tuzganlikda hamda sovet davlatiga qarshi qurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etganlikda aybli deb topilib, surgun va eng og‘ir jazo – otishga hukm qilinib, otilgan va mol-mulki musodara qilinishi belgilangan.

Rossiya Federativ Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Inqilobiy tribunali Turkiston Sovet Respublikasi Markaziy Ijroiya qo‘mitasining 1921-yil 23-dekabrdagi hukmiga ko‘ra, Sharif Xodjayev Sadriddin Xon va boshqalar (5 kishi) O‘zSSR Jinoyat kodeksining 67 va 78-moddalari, aksilinqilobiy maxfiy tashkilotini tuzganlikda hamda sovet davlatiga qarshi qurolli qarshilik harakatlarida ishtirok etganlikda aybli, deb topilgan.

“Mustaqillik yo‘lida fidokorona kurash olib borgan, hatto o‘z jonini fido qilgan qatag‘on qurbonlarining pok nomlari xalqimiz qalbida mangu yashaydi”, — deyiladi xabarda.


Bu ham qiziq

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga olib ketilişi mumkin

Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan jarima 60 kun içida tölanmasa, haydovçining transport vosit…
10:01 / 10.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026
Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Bugun, 10-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölib, respublikaning ayrim hududlarida kuçli yomğir yoğişi va momaq…
16:07 / 09.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonda 4 yoşli bolani organlarini sotiş maqsadida öldirganlikda gumonlangan qarindoşi uşlandi

Hindistonning Çxattisgarx ştatida 4 yoşli bolaning jasadi makkajöxori dalasi yaqinidagi suv töplangan çuqurlikdan topildi. U…
15:30 / 10.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlar işlab çiqariş yölga qöyilişi mumkin

Özbekistonda bankomatlarga bölgan içki talabni qondiriş maqsadida ularni mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlari örganiladi. Bu…
15:57 / 09.11.2026
Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Pavilyon me’moriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan.
08:51 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!