Saloh tug‘ilgan kunida assist qayd etdi, Lukaku jamoasining goliga sababchi bo‘ldi.Jahon chempionatida G guruhida 1-tur bahslari boshlandi. Belgiya va Misr o‘rtasidagi qarama-qarshilikda 34 yoshga to‘lgan Salohning assistidan so‘ng Ashur hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Lukaku zaxiradan tushganidan 22 soniya o‘tib raqib himoyachisini avtogol urishga majbur qildi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Toshkent vaqti bilan soat 06:00da Eron Yangi Zelandiyaga qarshi o‘ynaydi.
JCH-2026. G guruhi. 1-tur Belgiya — Misr 1:1 15 iyun. Sietl. «Lyumen Fild» Gollar: Hani (66, avtogol) — Ashur (19). Belgiya — Kurtua, Myone, Ngoy, Mexele, Kastan (Raskin, 56), Onana (de Kyuyper, 56), Tilemans, Trossar, de Bryuyne (Vanaken, 86), Doku (Fernandes-Pardo, 86), de Ketelare (Lukaku, 66). Misr — Shobeyr, Hani, Ibrohim, Fathi (Odil, 89), Fatuh (Hofiz, 89), Attia, Lashin, Ziko (Zizo, 76), Saloh (Abjulkarim, 76), Ashur (Rabia, 71), Marmush. Ogohlantirishlar: Attia (13), Kastan (14), Fatuh (34), de Kyuyper (74).
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!