Polshada yashab kelgan rossiyalik rassom va aksionist Semyon Skrepetskiy (asl ismi Robert Kuzovkov) otib o‘ldirildi. Mahalliy nashrlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Polsha sharqidagi Byala-Podlyaska shahrida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum shaxs rassomga avtoturargoh hududida yaqin masofadan bir necha marta o‘q uzgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan. Hodisadan keyin politsiya keng ko‘lamli qidiruv ishlarini boshlagan.Tergov versiyalariga ko‘ra, jinoyatda ikki nafar shaxs ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.
Ayrim xabarlarda gumonlanuvchilardan biri Belarus fuqarosi ekani va qo‘lga olingani aytilmoqda. Huquq-tartibot idoralari hozircha qotillikning ehtimoliy sabablari bo‘yicha rasmiy xulosa e’lon qilmagan.Semyon Skrepetskiy siyosiy mavzudagi satirik asarlari bilan tanilgan bo‘lib, u turli yillarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko hamda boshqa siyosiy shaxslarga bag‘ishlangan karikaturalari bilan keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.
U 2021-yildan buyon Polshada yashab kelayotgan edi.Hozirda mazkur qotillik yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda va voqeaning barcha tafsilotlari o‘rganilyapti.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!