Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat banki filiali boshqaruvchisi sobiq o‘rinbosari O.X. “V.” fermer xo‘jaligi rahbari B.R. bilan o‘zaro til biriktirib, 6 nafar fuqaroning nomiga ajratilgan 163 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini “V.” fermer xo‘jaligi hisob raqamiga o‘tkazish orqali naqdlashtirib olganligi aniqlangan. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar bermoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!