China Times gazetasining xabar berishicha, Xitoyning Guychjou provinsiyasi sudi 17 nafar bolani o‘g‘irlagan Yuy Huainga nisbatan avvalroq sud tomonidan chiqarilgan o‘lim jazosini tasdiqladi.
Ayol 1993-yildan 2003-yilgacha bo‘lgan davrda bolalarni o‘g‘irlab, sotgan. Qayd etilishicha, ayolning jinoiy harakatlari oqibatida 12 oila judolikka uchragan, ba’zilari esa butunlay barbod bo‘lgan (ayrim ota-onalar bolasidan ayrilgan uchun og‘ir xastalikka uchrab, vafot etgan). Sud shu sababli o‘lim jazosini qo‘llagan.
Ta’kidlanishicha, ayol sudda aybini tan olgan bo‘lsa-da, uning jazosi yengillashtirilmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!