Oliy Majlis qonunchilik palatasining 2025-yil 7-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekistonda elektron sigaretalarni butunlay taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, elektron sigaretalarda nikotin moddasidan tashqari kanserogen, zaharli bo‘lgan 80 xil kimyoviy birikmalar va og‘ir metallar mavjudligi, ularning inson sog‘lig‘iga, atrof-muhitga jiddiy ziyoni juda yuqori hisoblanadi. Organizmda nikotinga qaramlik kuchayishi yoshlarda miya shakllanishiga, intellekt, bilim va qobiliyatning pasayishiga olib keladi.
Qonun loyihasi bilan O‘zbekistonda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning muomalasi (ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, O‘zbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish) taqiqlanmoqda.
Shuningdek, aylanmasi taqiqlangan chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shu jumladan elektron sigaretalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!