Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.l.” xususiy korxonasiga qarashli savdo do‘konida korxona rahbari A.X. xaridorga 2 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu do‘konda savdoga qo‘yilgan tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 895,1 mln so‘mlik turli nomdagi jami 33 864 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Shuningdek, Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi hamda alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.R. “Turkiston” MFY hududidagi xonadonda umumiy bahosi 73,3 mln so‘mlik 10 turdagi jami 756 dona aksiz markasiz alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelinayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!