$
11797.46 UZS
22.54
139.77 UZS
0.6
13608.37 UZS
20.11
31° Kechasi 18°

3-may – “Butunjahon matbuot erkinligi kuni”: Bugun bizda bayrammi?

21:03 / 03.05.2023

3-may – “Butunjahon matbuot erkinligi kuni”... Jurnalistlar, blogerlar, mustaqil ommaviy axborot vositalarining erkin va bexavotir ishlashlari uchun yaratilgan imkoniyatlarni yilda bir marta nishonlaydigan kun bu. Ushbu bayramga dunyoning turli mintaqalarida turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, rivojlangan va aholisi dunyoda eng baxtli deya hisoblanadigan Skandinaviya mamlakat (Daniya, Norvegiya, Finlandiya) larida bu kun hech qanday ahamiyatga ega emas, chunki ushbu mamlakatlarda matbuot oʻz erkinligini juda yaxshi saqlagan.

Ammo avtoritar va totalitar tuzumlarda istiqomat qiluvchi mamlakatlarda soʻz erkinligiga tahdidlar va muntazam bosimlar mavjud. Bunday mamlakatlarda “Sariq matbuot” juda kuchli axborot yetkazish vositasi hisoblanadi. Aynan avtoritar va totalitar rejimlarda matbuot bayrami ortiqcha boʻrttirish bilan oʻtkaziladi.

Bizning mamlakatimiz ham dunyo ommasi nigohida matbuot erkinligi nisbatan boʻgʻilgan deya qabul qilinadi. Oʻtgan yil yakunlariga koʻra, “The World Justice Project” xalqaro indeksi mamlakatlarning ochiqlik darajasini monitoring qildi va Oʻzbekiston 36 foiz koʻrsatkich bilan 140 davlat orasida 122-oʻrinni, Matbuot erkinligi boʻyicha esa 137-oʻrinni egalladi.

Yurtimizda turli sohalarda islohotlar va oʻzgarishlar olib borilmoqda. Soʻnggi yillarda ommaviy axborot vositalari faoliyatida ham sezilarli oʻzgarishlar va yangilanishlar paydo boʻla boshladi. Lekin xalqaro indekslar barchasining aksini koʻrsatmoqda. Bunga asosiy sababi nimada?

Tahlilchilarning fikrlariga koʻra, buning ikkita asosiy sababi bor:

Dastlab, Ukraina va Rossiya urushi fonida nafaqat mamlakatimiz balki, post-sovet hududi Respublikalari tashqi siyosatda bosim ostida qola boshladi. Ushbu holat mamlakatdagi turli sohalar qatori matbuotga ham jiddiy taʼsir oʻtkazdi.

Boshqa tomondan esa xalqning soliqlardan tushadigan davlat mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat tele va radiokanallarida ushbu urush haqida hech qanday yangiliklar berilmasligi, “goʻyoki Ukraina maydonlarida urush boʻlmayotgandek”, ular haqida xabarlar berilmayotgani dunyo matbuotida ham muhokamalarga sabab boʻlib kelganidir. Natijada, mamlakatning axborot siyosatidagi reytingi xalqaro tashkilotlar tomonidan asosli ravishda past baholanmoqda.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining oʻzida ham ichki senzura mavjudligi, voqeaga bir tomonlama yondashuv, tahlillarning toʻliq emasligi mamlakatdagi aksariyat axborot subyektlarining past koʻrsatkich qayd etishiga sabab boʻlayotgani – hech birimizga sir emas.

Ichki struktura mutanosib ishlasa, ommaviy axborot vositalari halol, haqiqiy va toʻgʻri maʼlumotlar taqdim etsa, yangi Konstitutsiyada keltirilganidek, OAVlar faoliyati daxlsiz va erkin boʻlsa, soʻz erkinligi taʼminlansa, yaqin yillarda koʻrsatkichlarimiz oʻsishi va dunyo davlatlari orasida matbuot erkinligi rivojlanib, axborot almashinuvi sohasida yetakchilar qatoridan joy olishimizga aslo shubha qilmaymiz!


Bu ham qiziq

Jasur Umirov katerda xavfsizlik qoidalarini buzgani uchun ogohlantirildi

Jasur Umirov katerda xavfsizlik qoidalarini buzgani uchun ogohlantirildi

Xonanda Jasur Umirov Chorvoq suv omborida voyaga yetmagan o‘g‘li bilan katerda qutqaruv nimchalarisiz harakatlangan. Holat y…
10:39 / 15.09.2026
Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonlik ayollarning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada jazo o‘tayotgan o‘zbekistonlik ayollarning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Mordoviya Respublikasi va Samara viloyatidagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqar…
10:32 / 15.09.2026
Sud ishlariga aralashgan mansabdorlar endi 5 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin

Sud ishlariga aralashgan mansabdorlar endi 5 yilgacha qamoq jazosi olishi mumkin

O‘zbekistonda sud ishlariga aralashganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Tegishli qonun 12-sentabrdan kuchga kirdi.
17:15 / 14.09.2026
17-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

17-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat ke…
17:17 / 16.09.2026
Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda samolyot havoda nosozlik sabab favqulodda qo‘ndi

Eronda Sepehran Airlines aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay shinalaridan biri yoril…
15:10 / 16.09.2026
Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Prezidenti Koreya Respublikasidagi vatandoshlar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogʻida ushbu mamlakatda mehna…
17:32 / 15.09.2026
16-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-sentyabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-sentyabr kuni respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqat respublikaning tog…
17:14 / 15.09.2026
Litva osmonida xavf: NATO qiruvchilari dronni urib tushirdi

Litva osmonida xavf: NATO qiruvchilari dronni urib tushirdi

15 sentyabr kuni NATO qiruvchi samolyotlari Litva havo hududiga kirgan dronni urib tushirdi. Bu haqda Litva Prezidenti Gitan…
11:06 / 15.09.2026
“9 soat”ning siri nimada?

“9 soat”ning siri nimada?

Seulda O‘zbekiston Prezidenti vatandoshlar bilan uchrashuvda “Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi”, ded…
09:30 / 16.09.2026
Toshkentning kelajagi muhokama qilindi: yangi qurilishlar shahar infratuzilmasini zo‘riqtirmasligi kerak

Toshkentning kelajagi muhokama qilindi: yangi qurilishlar shahar infratuzilmasini zo‘riqtirmasligi kerak

Toshkentning jadal kengayishi fonida shahardagi shaharsozlik va ekologiya masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. U…
10:53 / 15.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!