Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi, 10–12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23–25 daraja, kunduzi 30–32 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 27–32 daraja bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi 27–32 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 32–37 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan sekundiga 5–10 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20–25 daraja, kunduzi 30–35 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13–18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘ladi.
Muhim hodisalar: 29-iyun–3-iyul kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!