Jahon chempionatida guruh bosqichi bahslari yakunlandi va 1/16 finalning barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi. J guruhi so‘nggi turida muddatidan avval pley-off masalasini hal qilib bo‘lgan Argentina terma jamoasi Iordaniyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan Lionel Messi turnirdagi 6-golini urib, to‘purarlar poygasidagi yetakchiligini yanada mustahkamladi.
Guruhning ikkinchi bahsida esa Jazoir va Avstriya o‘rtasidagi uchrashuv jangovar ruhda o‘tdi va 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Mazkur natija har ikki jamoaga ham pley-off bosqichi yo‘llanmasini taqdim etdi.
JCH-2026. J guruhi. 3-tur Iordaniya — Argentina 1:3 Gollar: At-Tamari (55) — Lo Chelso (19), Martines (31, penalti), Messi (80). Jazoir — Avstriya 3:3 Gollar: Belgali (45), Mahrez (60, 90+3) — Arnautovich (28), Zabitser (55), Kalayjich (90+6). Shu tariqa, JCH-2026 1/16 final bosqichining barcha juftliklari ma’lum bo‘ldi: Germaniya — Paragvay Fransiya — Shvetsiya JAR — Kanada Niderlandiya — Marokash Portugaliya — Xorvatiya Ispaniya — Avstriya AQSH — Bosniya Belgiya — Senegal Braziliya — Yaponiya Kot-d’Ivuar — Norvegiya Meksika — Ekvador Angliya — Kongo DR Argentina — Kabo-Verde Avstraliya — Misr Shveysariya — Jazoir Kolumbiya — Gana
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!