$
12013.52 UZS
-10.88
159.95 UZS
-0.46
13649.76 UZS
6.88
31° Kechasi 18°

Kelayotgan haftada havo harorati 44 darajagacha isishi kutilmoqda

18:28 / 28.06.2026

"O‘zgidromet" 28-iyun – 5-iyul hafta oralig‘idagi ob-havo prognozini e’lon ma'lum qildi.

Unga koʻra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 28-29-iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, 28-iyunda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 30-iyun-5-iyulda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29-iyun va 1-iyulda ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan 13-18 m/s gacha, 28-29-iyunda ba’zi joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28-iyunda +20…+25 daraja, 29-iyun-5-iyulda 17-22 daraja, kunduzi 28-30-iyunda +28…+33 daraja, 1-2-iyulda +30 … +35 daraja, 3-5-iyulda +32 … +37 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 29-iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29-iyun va 1-iyulda ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan 13-18 m/s gacha, 28-29-iyunda ba’zi joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28-29-iyunda +22 … +27 daraja, 30-iyun – 5-iyulda +20 … +25 daraja, kunduzi 28-iyunda +39 … +44 daraja, 29-iyunda +30 … +35 daraja, 30-iyun-5-iyulda +32 … +37 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 29-iyunda Toshkent viloyatida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-iyunda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha, ba’zi joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28-29-iyunda +22 …+27 daraja, 30-iyun-5-iyulda +20 … +25 daraja, kunduzi 28-iyunda +37 … +42 daraja, 29-iyun-1-iyulda +30 … +35 daraja, 2-5-iyulda +32 … +37 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-iyun va 1-iyulda ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 28-29-iyunda +23 … +28 daraja, 30-iyun-5-iyulda +20 … +25 daraja, kunduzi 28-iyunda +39 … +44 daraja, 29-iyun-1-iyulda +33 … +38 daraja, 29-iyunda ba’zi joylarda +40 darajagacha, 2-5-iyulda +34 … +39 daraja bo‘ladi.

Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30-iyun-2-iyulda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20 … +25 daraja, kunduzi 28-iyunda +35 … +40 daraja bo‘ladi, 29-iyun-1-iyulda +30 … +35 darajagacha pasayadi, 2-5-iyulda +32 … +37 daraja bo‘ladi.

Shuningdek, Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 30-iyunda ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15 … +20 daraja, kunduzi 28-iyunda +25 … +30 daraja bo‘ladi, 29-iyun – 5-iyulda +20 … +25 darajagacha pasayadi.


O‘zbekiston


														
														Kelayotgan haftada havo harorati 44 darajagacha isishi kutilmoqda

Kelayotgan haftada havo harorati 44 darajagacha isishi kutilmoqda

"O‘zgidromet" 28-iyun – 5-iyul hafta oralig‘idagi ob-havo prognozini e’lon ma'lum qildi.
18:28 / 28.06.2026

														
														Anomal issiqlik: Parijda bir sutkada 109 kishi vafot etdi

Anomal issiqlik: Parijda bir sutkada 109 kishi vafot etdi

Fransiya poytaxti Parijda anomal issiqlik oqibatida bir sutka ichida 109 nafar inson vafot etdi.
15:42 / 28.06.2026

														
														Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Sezilish kuchi: Surxondaryo viloyatida 4-5 ball bo‘lgan bo‘lsa, Toshkent shahrida 2-3 ball bo‘ldi.
18:47 / 27.06.2026

														
														Andijonda oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda

Andijonda oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda

Quvonarlisi, mazkur loyiha yakunida yana qo‘shimcha 10 ming aholining ham xonadonlari yangi kanalizatsiya tizimiga ulanishi …
18:40 / 27.06.2026

														
														Kannavaro: "Bosimsiz o‘ynaymiz, maqsad — JCHdagi ilk g‘alaba"

Kannavaro: "Bosimsiz o‘ynaymiz, maqsad — JCHdagi ilk g‘alaba"

O‘zbekiston milliy jamoasi Kongo DRga qarshi bahs oldidan Atlanta shahridagi Mercedes-Benz Stadiumda tashkil etilgan matbuot…
17:34 / 27.06.2026

														
														O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklanishi mumkin

O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklanishi mumkin

O‘zbekistonda 16 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihas…
16:57 / 27.06.2026

														
														Namanganda yer maydonini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Namanganda yer maydonini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Namangan viloyatining Pop tumanida yer maydonini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh…
14:17 / 27.06.2026

														
														Bugun O‘zbekistonda ultrabinafsha nurlanish darajasi nihoyatda yuqori bo‘ladi

Bugun O‘zbekistonda ultrabinafsha nurlanish darajasi nihoyatda yuqori bo‘ladi

Bugun va ertaga Toshkent shahrida ultrabinafsha (UV) nurlanish darajasi ekstremal ko‘rsatkich — 10 ballgacha yetishi kutilmo…
11:28 / 27.06.2026

														
														O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilga

Forumda jurnalistlar, blogerlar, matbuot kotiblari, media ekspertlari hamda soha vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.…
10:20 / 27.06.2026

														
														O‘zbekiston aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 9 yoshga oshdi

O‘zbekiston aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 9 yoshga oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi…
16:39 / 26.06.2026

Bu ham qiziq

Rossiyada korrupsiya uchun o‘lim jazosini joriy etish taklif qilindi

Rossiyada korrupsiya uchun o‘lim jazosini joriy etish taklif qilindi

Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasida korrupsiya uchun mansabdor shaxslarga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash taklifi ilgari …
10:11 / 27.06.2026
AQShdagi migrantlarni saqlash markazlarida 20 ga yaqin kishi vafot etdi

AQShdagi migrantlarni saqlash markazlarida 20 ga yaqin kishi vafot etdi

AQSh hukumatining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning dastlabki besh oyi davomida Immigratsiya va bojxona nazorati
10:29 / 28.06.2026
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Sezilish kuchi: Surxondaryo viloyatida 4-5 ball bo‘lgan bo‘lsa, Toshkent shahrida 2-3 ball bo‘ldi.
18:47 / 27.06.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilga

Forumda jurnalistlar, blogerlar, matbuot kotiblari, media ekspertlari hamda soha vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.…
10:20 / 27.06.2026
Putinga keskin murojaat qilgan Viktoriya Bonya Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Putinga keskin murojaat qilgan Viktoriya Bonya Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Bloger va teleboshlovchi Viktoriya Bonya O‘zbekistonga tashrif buyurib, paxta dalasidan turib mamlakat Prezidenti Shavkat Mi…
12:18 / 27.06.2026
Venesuela zilzila oqibatlarini bartaraf etishda xalqaro hamjamiyatdan qanday yordam qabul qildi?

Venesuela zilzila oqibatlarini bartaraf etishda xalqaro hamjamiyatdan qanday yordam qabul qildi?

Joriy yilning iyun oyida Venesuelada sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar mamlakatga katta zarar yetkazdi.
17:28 / 27.06.2026
Paxtaqanddan ham yengil bo‘lgan ulkan sayyoralar aniqlandi

Paxtaqanddan ham yengil bo‘lgan ulkan sayyoralar aniqlandi

Astronomlar hajmi jihatidan deyarli Yupiterga teng, ammo zichligi paxtaqanddan ham past bo‘lgan ikkita noyob sayyorani kashf…
10:05 / 27.06.2026
27-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

27-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
15:12 / 26.06.2026
Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi

Oliy toifali o‘qituvchilar maqsadli magistraturaga qabul qilinadi

Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va xalqaro akkreditatsiyalanga…
07:19 / 26.06.2026
Poytaxt media maydonining markaziga aylandi

Poytaxt media maydonining markaziga aylandi

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent shahrida yilning eng yirik media fo…
15:29 / 26.06.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!