Fransiya poytaxti Parijda anomal issiqlik oqibatida bir sutka ichida 109 nafar inson vafot etdi. Bu haqda tez tibbiy yordam xizmati ma’lumotlariga tayanib, Franceinfo xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 26 iyun kuni poytaxtda havo harorati qariyb 39 darajaga yetgan. Shu kuni 24 soat davomida 109 ta o‘lim holati qayd etilgan. Vaholanki, yilning shu davrida kunlik o‘rtacha o‘lim holatlari soni yettitani tashkil etadi. Qayd etilishicha, mazkur statistikaga faqat tez yordam xodimlari tomonidan uylarda va jamoat joylarida qayd etilgan o‘lim holatlari kiritilgan. Shifoxonalarda yuz bergan o‘lim holatlari esa hisobga olinmagan.
Shu bilan birga, xuddi shu davrda shifokorlarga 3,4 mingga yaqin chaqiruv kelib tushgan. «Family Obsèques» dafn marosimlari byurosi direktori Faben Yuge jurnalistlarga bergan intervyusida anomal issiqlik tufayli o‘limlar soni keskin oshgani sababli Parijdagi morglar to‘lib ketganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!