$
11790.79 UZS
12.34
₽
137.78 UZS
-0.57
€
13285.86 UZS
86.93
31° Kechasi 18°

“362 ta jasad ohaktosh tagiga bostirib yuborilgan” – “Dukchi eshon” qoʻzgʻoloniga 124-yil boʻldi

15:06 / 17.05.2022

1875-yil qariyb 20 yil davom etgan qonli urushlardan soʻng Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni toʻlaligicha bosib oldi. Turkiston oʻlkasi rus imperiyaning xomashyo manbasiga aylandi. Biroq mahalliy xalq mustamlakachi ruslarga qarshi, ozodlik uchun tinimsiz kurash olib bordi.

1898-yilning bahorida Andijonning mehnatkash aholisi hurriyat yoʻlida qoʻzgʻolonga otlandi. Ushbu voqea may oyining 17-kunidan 18-kuniga oʻtar kechasi ro’y bergan edi. Hurriyat uchun kurashga xalq orasida "Dukchi eshon" nomi bilan tanilgan eshon rahbarlik qildi. Bu ozodlik harakati tarix zarvaraqlariga “Andijon qoʻzgʻoloni”, degan nom bilan bitildi.

Sovet davrida "Dukchi eshon" shaxsiyati chalamulla sifatida qoralanib, hatto sehr qilishda ayblandi. Afsuski, bugungi kundagi maktab darsliklarida “Dukchi eshon nomi mutaassib dindor , oddiy fizikaviy holatlardan foydalanib sodda xalq oʻrtasida moʻjizalar koʻrsatgan”, deb yozib qoʻyilgan. Xoʻsh, Duchki eshon aslida kim? U haqiqatdan mutaassib dindor boʻlganmi? Andijon qo‘zg‘oloni Rossiya imperiyasi tomonidan qanday bostirilgan edi? Bugungi maqolamizda shular haqida ma’lumot beramiz.

Dukchi eshon aslida kim?

Xalq orasida “Dukchi eshon” nomi bilan mashhur boʻlgan insonning asl ismi Muhammad Ali Xalfa Madali eshon boʻlib, u 1856-yilda Fargʻona shahridan 25 chaqirim janubiy-gʻarbda joylashgan Chimyon qishlogʻida tugʻilgan. Tarixiy  maʼlumotlarga koʻra, eshonning avlodlari Qoshqar (Sharqiy Turkiston) dan boʻlgan. Otasi Muhammad Sobir eshonlar xizmatida koʻp yurgan va xalifalik laqabini olgan bir chala mulla boʻlgan. U Gijduvon qishlogʻiga imom boʻladi. Oʻsha vaqtda Muhammad Ali 14 yoshida edi. Oila bu yerda ikki yil hayot kechiradi. Ikki yildan soʻng oila Samarqandga yaqin Karrux qishlogʻiga koʻchib oʻtadi. Muhammad Sobir shu yerdagi Sultonxon toʻraning xizmatiga kirib, oʻgʻlini shu eshonga topshiradi. Muhammad Ali oʻzining mehnatsevarligi, aqli, odobi va taqvodorligi bilan eshonning oʻgʻillari qatoridan joy oladi. 1882-yilda Sultonxon toʻra vafot etadi. Vafotidan oldin u oʻz shogirdi Muhammad Aliga “eshonlik” xati irshodni (yoʻllanma xatni) yozib imzo qoʻyib  muhrlab beradi.

"Dukchi eshon" Muhammad Ali Xalfa Madali eshon

1886-yilda 30 yoshli Muhammad Ali Makkai-Mukarramaga borib, haj amalini ado etgach, oʻzini eshon deb eʼlon qiladi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, Muhammad Ali Madinai-Munavarada Muhammad (s.a.v) paygʻambar qabrini ziyorat qilib qaytgach, pirini tushida koʻradi. U Muhammad Aliga “yurtingga borgach, oʻn yil eshonlik qilgin, och-yalangʻochlarga ovqat, boshpana bergin, keyin esa kofirlarga qarshi gʻazot eʼlon qilgin”, degan ekan.

Oʻzini eshon deb eʼlon qilgan Muhammad Ali Xalfa har kuni katta dosh qozonda ovqat pishirib, och-nahor yetim-yesirlarga ulasha boshlaydi. Qisqa vaqt ichida eshonning obroʻsi xalq orasida oshib ketadi. Maʼlumotlarga koʻra, aynan Dukchi eshon gaz yonishini oʻrganib, qozonlarda ovqat pishirgan ekan. Uning muridlari nafaqat Fargʻona vodiysida, balki Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa olis-olis joylarda ham boʻlgan.

Ozodlik uchun kurash

Rossiya imperiyasining Turkiston xalqiga jabr-zulmi va adolatsiz siyosati Muhammad Ali Xalfaning qoʻzgʻolonga bosh boʻlishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari rus hukumati dehqonlardan paxtani arzon sotib olar, buning natijasida dehqonlar qashshoqlashib qolgan edi.

Qoʻzgʻolon boshlanishidan bir yil oldin eshon Usmonli sultoni Abdulhamid II ga maktub yozgan edi. Xatda ruslar Qoʻqon xonligini bosib olgach, musulmonlar oʻrtasida axloqning buzilganligi, shariat qoidalari oyoq osti qilinayotganligi, buzuqlik, ichkilikbozlik, nashaxoʻrlik, avjiga chiqqanligini yozgan. Bundan tashqari ruslar kambagʻallar uchun zakot yigʻishni, hajga borishni taqiqlaganliklarini yozib oʻtgan. Eshon sultondan xalq shariat qonun-qoidalari boʻyicha turmush kechirishi uchun sharoit yaratishni rus imperatoridan talab qilishni soʻraydi. U maktubning soʻngida shunday deydi:

“Rus hukumatining shariatni nazar-pisand qilmaganligini Allohning qahrini keltirmasmikin, deb qoʻrqaman”.

Qoʻzgʻolon boshlanishidan bir necha kun oldin eshon huzuriga baʼzi bir mahalliy mansabdor shaxslar kelib, eshon tayyorlagan hujjatiga oʻz muhrlarini bosishadi. U hujjatda shunday yozilgan edi:

 “Alloh yoʻq joydan oʻn sakkiz ming olamni yaratib, insonga bir mukammal bir qiyofa baxsh etib, uni barcha jonzotlarning sohibi, Odam atoni esa xalifa qilib koʻrsatdi. Butun olamni Alloh paygʻambarimiz uchun yaratib, uni eng yaqin kishisiga aylantiradi va ul hazratni taxtga oʻtkazdi-da, shunday murojaat qildi: “Ey paygʻambar! Gʻayridinlar va imon-eʼtiqodidan qaytganlar bilan jang boʻlgʻusidir”. Bunda oʻziga sodiq qolgan va eng yaqin boʻlganlarga jannat vaʼda qiladi. Choryorlar xalqqa pandu-nasihat  qilib deydilarki, “kimki gʻazot yoʻlida oʻz mulki va hayotini Alloh va paygʻambar uchun qurbon qilsa, bundaylar biz singari boʻlgʻusidir”. Ular nomunosib bandalarni tiyish uchun kitob bitdilar va bizga esdalik sifatida qoldiradilar. Shunday ekan, oʻzimizni Allohning qullari va paygʻambarning ummatlari hisoblaydigan bizlar albatta gʻazavot eʼlon qilishimiz joizdir. Birinchidan, Alloh va paygʻambar yoʻlida bu muqaddas urushda gʻolib chiqishimiz. Ikkinchidan, hayotimizni qurbon qilishimiz lozim.

 Biz quyidagiga oʻz muhrimizni bosganlar, oldimizga kalomullohni qoʻyib, Alloh va paygʻambarga qasamyod qilib, xalifamiz bilan shartnoma tuzdik. Shundan keyin, agar oʻzimizga bino qoʻyganimizdan shaytonning vasvasasiga uchib yoki shirin jonimizni saqlashni oʻylab, qoʻrqib, vaʼdamizdan qaytib, uni bajarmasak doʻzaxga tushaylik, ikki dunyoda yuzimiz qora boʻlsin, qiyomat kuni sharmanda-yu sharmisor boʻlaylik”.

Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, mazkur qasamyodga mahalliy amaldorlar va obroʻ-eʼtiborli kishilardan oʻn ikki kishi muhrini bosgan.

1989-yil 14-may kuni tunda Muhammad Ali Xalfaning uyida kengash boʻlib oʻtadi. Muhammad Ali eshon oʻylab qoʻygan rejaga koʻra, vodiydagi uch shahar – Andijon, Margʻilon va Oʻshdagi harbiy lagerga bir kunda uyushtirilishi kerak edi. Rejaga binoan bu hujum muvaffaqiyatli tugasa, ozodlik kurashchilari Qoʻqonni ham olib, butun vodiyni rus zulmidan ozod etish koʻzlagandi.

17-may kuni shom namozidan soʻng Tojik qishlogʻidagi masjidga juda koʻp odam toʻplanadi. Eshon yigʻilgan xalqqa shunday murojaat qiladi:

“Ey muhtaram musulmonlar! Ey birodarlar! Hammangizga maʼlumdirki, yurtimiz musulmon yurti, el musulmon, xalq musulmon, xon musulmon, shariatning hukmi joriy , amri nofiz edi. Hukumatni Alloh taolo oʻzi biladur, kofirlarni musallat qiladi. Yurtimizga rus keldi. Xudoyorxon oʻrniga Kaufman, Umarxon taxtiga Chernayuf oʻltirdi. Fargʻona xonligi yerida Moskva xonligi oq podshoh hukmron boʻldi.

Ruslar vatanimizni istilo etdi. Soʻngra tilimizni istilo qildi. Sekin-asta dinimizni istilo qilishni boshladi. Bilasizlarki, musulmonning axloqi buzildi. Rusning kelgʻoniga 30 yil toʻlmay, musulmonlar riboga odatlandi, halol-haromni farq qilmas boʻldi. Qozilarimiz boʻyniga but taqadigʻon boʻldi. Xulosa shulki, shariatimiz xor, musulmonchilik gʻarib boʻldi. Hurriyatimiz goʻyib boʻldi, istiqlolimiz mahv boʻldi, oʻzimiz oʻtmas, soʻzimiz oʻtmas boʻldik, Ey voh…

Ey musulmonlar bunga sabab oʻzimiz boʻldik. Bu asorat va mahkumiyatga kimsa rozi emas, ins ham, jins ham rozi emas. Ey birodarlar, tik turaversak bu kofir yana battar qiladur.

Tarixda oʻtgan muazzam bir saltanat qurgʻon qahramon pahlavonlar avlodimiz – bu zillatga hech qanday ziruh chidamas. Qani bizdagi shijoat, qani ajdodlarimizdagi bisolat, sizlarga nima boʻldi?

400 olimimiz bordir, hammasi musulmon, hammasi turk hammasining ismi Muhammad. Hammasi xanafiy mazhabdir. Bu isimda, bu mazhabda, bir qabristonda bu qadar olimlarni toʻplagan Turkistonni dini taqdimida, din odamlarini yetishtirishda na darajada xizmatlari sabqat ekanligi oʻquvchilar diqqatiga arz oʻrindur. Jahon tarixida, yer yuzida, koʻk yuzida bu misli koʻrilmogʻondir. Turkistonliklar har qanday iftixor etsa arziydur, bajodur, ey birodarlar, bizlar shundoq ajdodning nabiralarimiz. Oʻluk uyqusida uxlaysizmi?!”.

Eshonning bu soʻzlaridan taʼsirlangan insonlar yigʻlashni boshlaydilar. Muhammad Ali eshon soʻzida davom etib, shunday deydi:

 “Ey musulmonlar, ey xudoning bandalari, ey paygʻambar ummati! Chin moʻmin boʻlsangizlar, sizlarga jihod lozimdur, jihod. Eʼtiqod. Alloh yoʻlida jihod qilamiz, oʻlsak shahid, oʻldirsak gʻozi boʻlamiz. Jihod qilmaguncha yelkamizga mingan bu roʻdapo oʻrusdan qutilish yoʻq.

Ey moʻminlar, koʻzingizni oching! Gʻaflatdan bedor boʻlin! Kofirlardan huquqimizni olaylik”.

Xufton namoziga odamlar qoʻllarida toʻqmoq, ketmon, qilich, panshaxa va miltiq bilan kelishadi. Xufton namozi oʻqib boʻlingach, hamma baravar “Jihod! Jihod!   Jihod!” deya hayqiradi. Bu hayqiriq tovushi butun qishloqni tutib ketadi. Muhammad Ali Xalfa oq otga mindirib, qoʻzgʻolonchilar bilan  “Bismillohi rahmonir rahim, baniyati jihod!” deb yoʻlga tushishadi.

Andijon qo'zg'oloni va uning qatnashchilari haqida rasmiy axborot

Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, toʻplangan odamlar soni olti yuz nafar boʻlgan. Olom ikki qisimga boʻlinib, birinchi guruhga Mulla Ziyovuddin Maxsum, ikkinchi guruhga eshonning oʻzi boshchilik qilgan. Dukchi eshon boshchiligidagi guruh Andijon shahrida joylashgan rus harbiy garnizoniga hujum qilib, 23 nafar rus askarini oʻldirib, 24 tasini yarador qilib, 30 tacha miltiqni oʻlja oladilar. Bu harakat tez orada butun vodiy boʻylab tarqaladi. Misol uchun Quva, Asaka, Shahrixon, Aravon, Oʻsh, Margʻilon, Namangan, Sirdaryo va boshqa hududlarda ozodlik uchun xalq harakati vujudga keladi.

Qoʻzgʻolon shafqatsizlarcha bostiriladi va qoʻzgʻolon bahonasida yetarli xalq yoppasiga qirgʻin qilinadi.

Baron Vrevskiy Sankt-Peterburgga joʻnab ketganligi munosabati bilan Turkiston oʻlkasi Bosh harbiy gubernatori vazifasini vaqtincha bajarib turuvchi general-leytenant Korolovning Rossiya harbiy vazirligining Bosh shtabiga yuborgan telegrammasida bunday yozadi:

“Fargʻona harbiy gubernatori shuni maʼlum qiladiki, kecha kechqurun Margʻilon uyezdida eshon Muhammad Ali xalfa gʻazovot eʼlon qiladi va ming kishidan iborat sheriklari bilan Andijonga yoʻl oldi. Qoʻzgʻolonchilar telegraf simini uzib, bugun saharda 20 –batalyon lageriga hujum qilishdi. Bu hujum chogʻida askarlardan 21 nafari oʻldirildi va 10 nafari yarador qilindi. Qoʻzgʻolonchilar guruhi toʻqnashuv joyida oʻlgan 11 nafar va yaralangan 8 ta odamni qoldirib chekinishdi. Andijondagi rus aholisi bu yerda ilgari hech boʻlmagan hodisa sababli sarosimaga tushib qoldi”.

Harbiy vazir general-leytenant Kuropatkin bu telegrammani darhol oq podshohga olib kiradi. Nikolay II qoʻzgʻolonchilarni “ibrat” boʻladigan darajada qattiq jazolashni buyuradi. Ana shu buyuriq asosida qoʻzgʻolonchilar ustidan uch oy davomida sud ishi olib boriladi.

Ozodlik harakati kuch yordamida bostirilgach, Turkiston oʻlkasining harbiy gubernatori Duxovskiy Andijon maydoniga majburan olib kelingan xaloyiqqa qarata “nahotki, siz qum zarrasi qudratli togʻ bilan kurashishi mumkin emasligini tushunmadingiz”, degan edi. Har qadamda “biz bu oʻlkaga sivilizatsiya olib keldik” deb kerilayotgan rus bosqinchilari shafqatsizlarcha 362 kishini oʻlimga hujum etadilar. Bu ham yetmaganidek, qoʻzgʻolon rahbarlarini qatl qilayotgan maydonga yosh bolalarni olib kelib, oldingi saflarda tizib qoʻyishadi.

Turkiston harbiy general gubernatori Duxovskiy qoʻzgʻolonning asosiy aybdorlar osib oʻldirilgach, shahar qalʼasi ichiga koʻmilsin va ustiga hojatxona qurilsin, deb buyuriq beradi. Maʼlumotlarga koʻra, bu qaror oʻzgargan. Dorlar qurilgan maydon ancha notekis boʻlgan. Shu sababli vatan ozodligi yoʻlida jonini tikkan 362 nafar ajdodimiz dorga osilgan va oʻsha yerga koʻmib, ustilaridan soʻndirilmagan ohak, keyin esa tuproq tortilgan.  Bu ham yetmaganidek, qatl etilganlar qayerga koʻmilganligini bilinmasligi uchun butun maydon tekislab yuborilgan.

Alloh yurt ozodligi uchun kurashib jon bergan ajdodlarimizi o‘z rahmatiga olsin.


Qiziqarli


														
														Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026

														
														Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

Marokash tarixida ilk bor ayol bosh vazir etib tayinlandi

29-sentyabr kuni Marokash qiroli Muhammad VI Fotima Zahro al-Mansuriyni mamlakat bosh vaziri lavozimiga tayinladi. Shu tariq…
10:28 / 30.09.2026

														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

														
														11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarli…
15:58 / 09.09.2026

														
														Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitlarda qo‘llashga tayyorlashni boshladi. Bu haqda Reuters xab…
10:00 / 08.09.2026

Bu ham qiziq

Andijonda 297 mln so‘mlik qalbaki pullarni sotgan fuqaro ushlandi

Andijonda 297 mln so‘mlik qalbaki pullarni sotgan fuqaro ushlandi

Andijon viloyatida 297 million so‘mlik qalbaki pullarni 148 million so‘mga sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat …
09:34 / 07.10.2026
Centrum Air yo‘lovchini samolyotdan tushirib yuborish bilan bog‘liq mojaro yuzasidan uzr so‘radi

Centrum Air yo‘lovchini samolyotdan tushirib yuborish bilan bog‘liq mojaro yuzasidan uzr so‘radi

Centrum Air bort kuzatuvchisidan o‘zbek tilida gapirishni so‘ragani ortidan samolyotdan tushirib yuborilgan yo‘lovchi bilan …
16:04 / 07.10.2026
Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

Messi Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi

7-oktyabr kuni Lionel Messi Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi. Benin terma jamoasiga qarshi bah…
09:57 / 07.10.2026
Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Yevroparlamentda Donald Tramp tasvirlangan yalang‘och haykal namoyish etildi

Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevroparlament qarorgohida 6-oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tasvirlangan yalang…
15:31 / 07.10.2026
Qashqadaryoda maktab direktori 600 dollar pora bilan ushlandi

Qashqadaryoda maktab direktori 600 dollar pora bilan ushlandi

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida maktab direktori fuqaroning ishga kirishiga ko‘maklashish evaziga 600 AQSH dollari …
09:44 / 07.10.2026
Qoplon uyga kirib, bir oilaning olti a’zosiga hujum qildi

Qoplon uyga kirib, bir oilaning olti a’zosiga hujum qildi

Hindistonning Maxasamund tumanida 4-oktyabrga o‘tar kechasi qoplon uyga kirib, bir oilaning olti nafar a’zosiga hujum qildi.…
09:54 / 06.10.2026
Farg‘onumanida fuqaro elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 547,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlandi.

Farg‘onumanida fuqaro elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 547,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlandi.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlargaaro R.U. “Yangiboston” MFY hududidagi baliq boqishga mo‘ljallanga…
15:19 / 06.10.2026
NKMK olti oyda 2,38 mlrd dollar sof foyda oldi

NKMK olti oyda 2,38 mlrd dollar sof foyda oldi

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘r…
13:46 / 05.10.2026
“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 61,3 mlrd so‘mlik ijro ishlari davom etmoqda

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 61,3 mlrd so‘mlik ijro ishlari davom etmoqda

“Dok-1 Maks” dori vositasidan jabrlangan 85 nafar fuqaro foydasiga jami 78 mlrd so‘m zarar undirish bo‘yicha ijro ishlari da…
13:18 / 07.10.2026
Jizzaxda 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha gumondor o‘lik holda topildi

Jizzaxda 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha gumondor o‘lik holda topildi

Jizzax viloyatida 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ish bo‘yi…
12:03 / 06.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!