$
11988.32 UZS
16.92
152.02 UZS
0.21
13822.53 UZS
25.49
31° Kechasi 18°

Prezident Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi

14:17 / 25.11.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonlari bilan tanishish hamda kelgusidagi vazifalarni faollar ishtirokida belgilab olish uchun Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. 

Davlat rahbari Samarqandga tashrifini taomilga ko‘ra, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi. 

Prezidentning tashabbusi bilan mazkur majmua buyuk muhaddis bobomizning islom olamida tutgan yuksak mavqeyi, ulkan salohiyatiga munosib tarzda qaytadan bunyod etildi. Umumiy maydoni 45 gektarni tashkil etadigan hududda ulkan maqbara, 10 ming kishilik masjid va ma’muriyat binosi, muzey, kirish va chiqish ayvonlari qurildi. Ziyoratgohning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga mahobat bag‘ishlagan. 

Bu joy faqat ziyorat emas, ilm-ma’rifat, tarbiya va ibrat maskani bo‘lishi, Imom Buxoriyning buyuk izlanishlari, bilimi hamda kamoloti ziyoratchilar, ayniqsa, yoshlar uchun ezgu namuna bo‘lishi kerakligi e’tiborga olinib, majmuada innovatsion muzey tashkil etildi. U islom olamida muhaddislar sultoni deya e’tirof etilgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi, islom ma’rifati rivojiga qo‘shgan hissasini namoyon etadi. 

Majmua avval bir kunda 12 ming ziyoratchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozir 65 ming nafar mehmonga xalqaro standartlarga mos xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan. 

Bundan tashqari, hududda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi joylashgan. 

Ziyoratgoh atrofida 570 milliard mablag‘ sarflanib, mehmonxonalar va savdo-servis nuqtalari tashkil etildi. Bunda 1 ta to‘rt yulduzli, 2 ta uch yulduzli hamda 22 ta oilaviy mehmon uyi qurilgan. Mazkur obyektlar to‘liq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanib, hududi obodonlashtirilgan. 2026-yilga qadar hududda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda avtoturargohlarni tashkil etish rejalashtirilgan. 

Davlat rahbari Imom Buxoriy ziyoratgohi xalqimizning boy ma’naviy merosi va bunyodkorlik salohiyatining yorqin namunasi bo‘lganini ta’kidlab, majmuada ayni paytda olib borilayotgan so‘nggi obodonlashtirish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

 


O‘zbekiston


														
														Havo sifatini yaxshilash uchun sun’iy ko‘l va suv havzalari tashkil etiladi

Havo sifatini yaxshilash uchun sun’iy ko‘l va suv havzalari tashkil etiladi

Bu haqda Prezidentning “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to…
14:43 / 25.11.2025

														
														Prezident Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi

Prezident Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonlari bilan tanishish hamda kelgusidagi vazi…
14:17 / 25.11.2025

														
														O‘zbekistonda juma namozidan so‘ng istisqo namozi o‘qiladi – O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O‘zbekistonda juma namozidan so‘ng istisqo namozi o‘qiladi – O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Xabarga ko‘ra, Makka va Madinada umra ziyoratida bo‘lib turgan ellikboshi imom-domlalarga ham o‘z guruhlari ishtirokida isti…
13:04 / 25.11.2025

														
														O‘zbekistonga 10 oyda 9,7 mln nafar turist tashrif buyurdi

O‘zbekistonga 10 oyda 9,7 mln nafar turist tashrif buyurdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida jami 9,7 mln nafar chet el fuqarolari…
12:17 / 25.11.2025

														
														Toshkent shahri va viloyatidagi issiqxonalarga reyd uyushtirildi

Toshkent shahri va viloyatidagi issiqxonalarga reyd uyushtirildi

Davlat rahbarining Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha qabul qilgan Farmoniga asosan, havoni ifloslanti…
11:14 / 25.11.2025

														
														Bo‘stonliqda temir to‘siqqa urilgan mototsikl haydovchisi vafot etdi

Bo‘stonliqda temir to‘siqqa urilgan mototsikl haydovchisi vafot etdi

Bo‘stonliqda yuqori tezlikda temir to‘siqqa urilgan mototsikl haydovchisi vafot etdi, – deb xabar bermoqda Toshkent viloyati…
11:04 / 25.11.2025

														
														Havo tozalagichlar uchun boj bekor qilindi

Havo tozalagichlar uchun boj bekor qilindi

Prezident farmoniga binoan, tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan maishiy havo tozalash uskunalari (TIF TN kod 850…
10:26 / 25.11.2025

														
														Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi ekologik vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi ekologik vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Administratsiya hamda aloqador idoralar rahbariyati ishtirokida Toshke…
09:59 / 25.11.2025

														
														Ozarbayjonda qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Ozarbayjonda qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

“O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi diplomatlari xorijda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga yordam…
09:09 / 25.11.2025

														
														Endi sud raisi va o‘rinbosarlari ochiq tanlov orqali tanlanadi

Endi sud raisi va o‘rinbosarlari ochiq tanlov orqali tanlanadi

Prezidentining sud mustaqilligini kuchaytirish va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga doir farmon…
08:18 / 25.11.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etildi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish mexanizmini samarali tashkil etish …
16:17 / 23.11.2025
Havo sifatini yaxshilash uchun sun’iy ko‘l va suv havzalari tashkil etiladi

Havo sifatini yaxshilash uchun sun’iy ko‘l va suv havzalari tashkil etiladi

Bu haqda Prezidentning “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to…
14:43 / 25.11.2025
Ozarbayjonda qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Ozarbayjonda qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

“O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi diplomatlari xorijda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga yordam…
09:09 / 25.11.2025
Isroilning Livanga uyushtirgan hujumida “Hizbulloh” rahbarlaridan biri yo‘q qilindi

Isroilning Livanga uyushtirgan hujumida “Hizbulloh” rahbarlaridan biri yo‘q qilindi

The Times of Israel nashrining xabar berishicha, tegishli buyruq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu tomonidan berilgan.
12:02 / 24.11.2025
Shaxmat. Javohir Sindarov Jahon kubogi finaliga chiqdi

Shaxmat. Javohir Sindarov Jahon kubogi finaliga chiqdi

Jahon kubogi g‘olibi keyinchalik amaldagi jahon chempioni — hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi toj uchun kurash olib bor…
08:17 / 24.11.2025
AQSh Maduroga aloqador narkokartelni “terrorchi tashkilot” deb e’lon qildi

AQSh Maduroga aloqador narkokartelni “terrorchi tashkilot” deb e’lon qildi

Qayd etilishicha, AQSh rasmiylari Cartel de los Soles’ni Venesuela hukumati tarkibidagi korrupsiyalashgan amaldorlar guruhi …
09:52 / 25.11.2025
Endi sud raisi va o‘rinbosarlari ochiq tanlov orqali tanlanadi

Endi sud raisi va o‘rinbosarlari ochiq tanlov orqali tanlanadi

Prezidentining sud mustaqilligini kuchaytirish va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga doir farmon…
08:18 / 25.11.2025
Ekologiya qo‘mitasi qurilish tashkilotlariga qat’iy ogohlantirish berdi

Ekologiya qo‘mitasi qurilish tashkilotlariga qat’iy ogohlantirish berdi

Ta’kidlash joiz, so‘nggi haftada poytaxt havo sifati yomonligi bo‘yicha dunyoda yetakchi shaharlar qatorida turibdi.
09:55 / 24.11.2025
Mask boshchiligida DOGE butunlay tugatildi

Mask boshchiligida DOGE butunlay tugatildi

Shu bilan birga, DOGE jamoasining ko‘p a’zolari boshqa davlat idoralariga o‘tib ketgan. Hukumatdagi ishga qabul qilish bo‘yi…
10:52 / 24.11.2025
O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 9 oy davomida 123,5 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 9 oy davomida 123,5 trln so‘mga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra 2025-yil yanvar–sentyabr oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 123,5 trln so‘m…
16:57 / 23.11.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!