Davlat rahbarining Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha qabul qilgan Farmoniga asosan, havoni ifloslantiruvchi manbalarga qarshi qat’iy kurash boshlandi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi issiqxonalarda keng ko‘lamli ekologik reydlar o‘tkazilmoqda. Mas’ullar tomonidan o‘tkazilayotgan jiddiy o‘rganishlar davomida ayrim issiqxonalarda mashina shinalari va boshqa zararli, taqiqlangan narsalar yoqilayotgani aniqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoni bilan havo sifatiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalar (shina, rezina, mazut, bitum, ishlatilgan avtomobil moyi) yoqadigan obyektlar faoliyati qat’iy cheklanadi va nazoratga olinadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!